"Bryugge Madonnasi" — 1498-1501-yillarda Mikelanjelo Buonarroti tomonidan Vatikandagi „Pieta“ ishi tugagandan soʻng, 128 sm balandlikdagi[1] Madonna va Bola Masihning marmar haykalidir. Bu Mikelanjeloning hayoti davomida Bryugge shahridagi Notr Dam cherkovini bezash uchun Italiyadan olib kelingan yagona haykalidir.

Haykal, dastlab cherkov qurbongohi uchun moʻljallangan boʻlib, koʻp jihatdan cherkov qonunlaridan chetga chiqadi. Madonna oʻgʻlini bagʻriga bosmaydi va hatto unga qaramaydi, uning nigohi yon tomonga tikiladi, goʻyo u taqdirini oldidan bilgan va  Masih allaqachon onasini tashlab, odamlar dunyosiga kirishga tayyordek.

Haykal Bryuggendan  ikki marta — inqilobiy va Ikkinchi jahon urushlari yillarida bosqinchilarning buyrugʻi bilan olib ketilgan. Shunday qilib, 1944-yilda shahardan chekinayotgan nemislar „Qizil Xoch“ yuk mashinasida matras ostida „Madonna“ ni olib ketishgan.

1972-yilda bir mutaassibning Vatikan Pietaga hujumidan soʻng, Bryugge hukumati mahalliy haykalni profilaktika maqsadida oʻq oʻtkazmaydigan oyna ostida himoyaga oldi.

Manbalar tahrir

  1. Baldini U. Mikelandjelo-skulptor. Polnoe sobranie skulptur. — M.: Planeta, 1979. — S. 80

Adabiyotlar tahrir

  • Umberto Baldini. Michelangelo scultore. Milano: Rizzoli, 1973. 
  • Marta Alvarez Gonzáles. Michelangelo. Milano: Mondadori Arte, 2007. ISBN 978-88-370-6434-1.