Bu yerda Kilroy boʻlgan

Ikkinchi jahon urushi davrida mashhur boʻlgan va graffitilar shaklida koʻringan mem
(Bu yerda Kilroy bo'lgandan yoʻnaltirildi)

Bu yerda Kilroy boʻlgan – Ikkinchi jahon urushi davrida mashhur boʻlgan va asosan, graffitilar shaklida koʻringan mem. Unng kelib chiqishi haqida hozirgacha munozaralar juda koʻp, lekin ushnu ibora va doodle 1940-yillardagi Qoʻshma shatatlar armiyasi bilan bogʻliq holda tilga olinib, oʻzining tez koʻzga tashlanuvchi burni va barmoqlarini devor ustidan chiqarib turgan sochsiz (baʼzan bir necha soch tolasi bilan) tasvirlanuvchi kishi suratidan iborat.

Vashingtondagi Ikkinchi Jahon urushi milliy yodgorligida oʻyib ishlangan Kilroy surati.
1946-yilgi atom bombasini sinash filmining ochilish qismida „Bu yerda Kilroy boʻlgan“ graffitisi

„Janob Chad“ yoki shunchaki „Chad“ Buyuk Britaniyada mashhur boʻlgan uning versiyalaridan biridir. Chad obrazi 1938-yilda britan multiplikatori tomonidan „Bu yerda Kilroy boʻlgan“ frazasini qayta ishlashdan hosil boʻlgani taxmin qiinadi. Deyv Uilton soʻzlariga koʻra, „Baʼzan urush vaqtida birlashgan kuchlar ruhiyatida, britan tasvirida va amerikancha ibora bilan Chad va Kilroy uchrashib qolar edi“[1]. Ushbu qahramon uchun boshqa, Smoe, Klem, Fleyhil, Prayvet Snups, Overbi, Skabuch va Sapo kabi ismlar ham ishlatilgan.

Charlz Panati soʻzlariga koʻra, „ Graffitilarning gʻayritabiiyligi ularda nima deyilgani emas, qayerda paydo boʻlganida edi“[2]. Yillar davomida turli daʼvolar boʻlganiga qaramay, graffitilarni ilhomlantirgan Kilroy ismli shaxs bor yoki yoʻqligi nomaʼlum.

Iboraning kelib chiqishi va qoʻllanishi

tahrir
 
Vashingtondagi Nyuseumda Berlin devorining bir qismidagi Kilroy tasviri.

Bu ibora Qoʻshma shtatlar harbiy xizmatchilari tomonidan oʻzlari borgan, toʻxtagan yoki lagerlarda boʻlgan joylarda chizilib, tasviri tushirilgan boʻlishi mumkin. Life jurnalidagi bir afishada, Ikkinchi jahon urushi xizmatchilari oʻzlari qoʻlga kiritgan har bir sohil boʻyida „Bu yerda Kilroy boʻlgan“ graffitilariga duch kelishganini taʼkidlashadi[3]. Brewer’s iboralar lugʻati bu iborani Buyuk Britaniyada xizmat qilingan vaqtlarda Havo kuchlari boʻlimlari bilan bogʻlaydi. Baʼzi joylarda Chad graffiti tasvirini hamda „Bu yerda Kilroy boʻlgan“ sloganini birlashgan holda uchratish mumkin.

Koʻplab manbalar uning kelib chiqishini 1939-yil sifatida koʻrsatishadi[4][5]. 1937-yilga oid dastlabki iboraning namunalari tasdiqlanmagan.

Bir hikoyaga koʻra, Nemis razvedka xizmati ushbu ibora tushirilgan amerika qurolini topib oladi. Bu esa yuqori toifali birlashgan kuchlar josusining ismi yoki maxfiy ismi ekanligini ishontirish uchun Adolf Hitlerga ham yetib boradi[6]. 1945-yilgi Postdam konfrensiyasi vaqtida, Stalin maxsus yuvinish xonasida Kilroy iborasiga duch kelgani va uni kimligi haqida maʼlumot topishni topshiriq berganligi haqida mish-mishlar yuradi.

Ommaviy madaniyatda iqtiboslar

tahrir

Kilroy koʻplab teleseriallarda, filmlarda, musiqalarda va kompyuter oʻyinlarida koʻrinish beradi[7].


  • Tomas Pinchonning V. (1963) romanida Kilroy dudli tarmoqli oʻtish filtri diagrammasidan kelib chiqqanligi haqidagi taklifni oʻz ichiga oladi[8].
  • Shuninngdek, Kilroy tom maʼnoda Janob Chad sifatida ham ishatiladi. Bunga misol, T.Kingfishersninng 2019-yilgi „The Twisted Ones“ romanidir[10].

Manbalar

tahrir
  1. Shackle, Eric „Mr Chad And Kilroy Live Again“. Open Writing (2005-yil 7-avgust). Qaraldi: 2010-yil 23-may.
  2. „What's the origin of "Kilroy was here"?“. The Straight Dope (2000-yil 4-avgust).
  3. „Needed: some great new "liars". Life. 17 May 1948. 120-bet.
  4. Sickels, Robert „Leisure Activities“, . The 1940s. Greenwood Publishing Group, 2004 — 113-bet. ISBN 9780313312991. 
  5. Brown, Jerold E. „Kilroy“, . Historical dictionary of the U.S. Army. Greenwood Publishing Group, 2001 — 264-bet. ISBN 0-313-29322-8. 
  6. „How 'Kilroy Was Here' Changed the World“. Live Science (2008-yil 15-sentyabr).
  7. „r/WWII - Bringing back an old WW2 meme“. reddit (2017-yil 24-avgust).
  8. Ascari, Maurizio. Sites of exchange: European crossroads and faultlines, Internationale Forschungen zur allgemeinen und vergleichenden Literaturwissenschaft. Rodopi, 2006 — 211-bet. ISBN 90-420-2015-6. 
  9. Melvin, Morris (January 2007). "Kilroy Was Here--On Stamps". U.S. Stamp News 13 (1): 30. ISSN 1082-9423. 
  10. Kingfisher, T.. The Twisted Ones, First Saga Press hardcover, London, October 2019. ISBN 978-1-5344-2957-4. OCLC 1047528633.