Bucha qirgʻini
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Shahar meri Anatoliy Fedorchuk bu voqealardan so’ng 412 jasad topilganini aytib o’tadi. Dalillar qo’llari orqaga bog’lab tashlangan fuqarolarning juda yaqin masofadan otib o’ldirilganini ko’rsatdi. Bu ayni paytda sudsiz-so’roqsiz otib o’ldirilganliklarini isboti ham sanaladi. Radio Free Europe tomonidan olib borilgan mustaqil surishtiruv natijalariga ko’ra rossiyalik askarlarning ko’p qavatli binolarning ostida o’ziga xos qiynoq xonasi tashkil etganliklarini aniqlashdi. Bir necha jasadlar yoqilgan va parchalangan holatda topildi. Va o’n to’rt yoshli qizlar rus askarlari tomonidan zo’rlanganliklarini aytib o’tishdi. Ukraina International Criminal Court Cour pénale internationale xalqaro tashkilotidan Rossiyaning insoniyatga qarshi jinoyat amalga oshirgan yoki yo’qligini aniqlash uchun Bucha shahrida mustaqil tatqiqod amalga oshirishini so’radi.
Rossiya tomon bu holatlarning to’g’riligini rad qilishdi va Ukraina propagandasi tomonidan soxta surat hamda video tasvirlarning e’lon qilinganini iddao qilishdi. Jasadlar tasvirlangan suratlarning G’arbdan kelgan soxta xabarlar ekanligini, Ukraina tomonning provakatsiya olib borayotganini ta’kidlab o’tishdi. Rossiyaning bunaqa inkor qilishlari bir qancha mustaqil va Xalqaro OAV tomonidan yo’qqa chiqarildi. Buchadagi tinch aholining bergan guvohliklariga ko’ra bu jinoyatlarning ortida Rossiya harbiylari turganligi yana bir bor ta’kidlandi.
2022-yilning fevralida Ukrainani ishg’ol qilishning bir parchasi sifatida Rus harbiylari Belarussiyaning janubiy chegaralari orqali Ukrainaga kiradi. Bundan maqsad Ukraina poytaxti Kiyevga to’g’ridan-to’g’ri xavf solib, uni ishg’ol qilish edi. 27-fevral kuni qattiq hujumga o’tgan rus harbiylari Bucha shahriga kirib boradi. Va Bucha shahri dastlabki ishg’ol qilingan hududlardan biriga aylanadi. Ukraina harbiylarining ma’lumotlariga ko’ra Buchaga kirib borgan rus harbiylari 64 – alohida motoo’qchi brigadasi hisoblanadi. Bu brigada komandiri polkovnik Azatbek Omurbekov ekanligi aytib o’tildi.
Mart oyining oxirlarida Rossiyaning Kiyevdan chekinishidan biroz avval Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova ukrainalik ekspertlarning Rossiya ishg’oli vaqtida amalga oshirgan 2500 ta harbiy jinoyatlarning aniqlanganligini va “yuzdan ortiq shubhali shaxslar”ning aniqlaganini ta’kidlab o’tgan edi. BMTning Ukrainadagi monitoring missiyasi rahbari Matilda Bogner urush davom etayotgan hududlarda yashayotgan aholining xavfsizligi va hayot tarzidan tashvishda ekanini ta’kidlab o’tdi.
Rus harbiylari Kiyevning shimolidan chekina boshlagandan so’ng Ukraina harbiylarining hujumlari natijasida Bucha shahrida qolayotgan rus harbiy birliklari ham shimolga chekindi. Ukraina harbiylari 1-aprel kuni shaharga kirdi.