Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi

(Budjet kodeksidan yoʻnaltirildi)

Budjet kodeksi — O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi[1]. Budjet kodeksi toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonun hujjati boʻlib, u qonunchilik bazasining va uni huquqiy qoʻllash tizimining yagonaligini taʼminlaydi. Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular oʻrtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan oʻzaro munosabatlar yigʻindisini oʻzida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi. Budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona boʻlishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibidir.

Tarixi va tuzilishi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodesksi 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan va 2014-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. 12-dekabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisining birinchi kunida senatorlar ilk bor qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlagan va Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to’g’risidagi qonunni ma’qullagan. Qonun matni „Xalq soʻzi“ gazetasida eʼlon qilingan[2]. Kodeksga soʻngi marta 2021-yil 21-aprelda (Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-683-sonli Qonuni bilan) oʻzgartirish kiritilgan. Budjet kodeksi 9 boʻlim, 28 bob va 192 moddadan tashkil topgan[3].

Budjet tizimi prinsiplari

tahrir

Budjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

  • budjet tizimining yagonaligi;
  • budjet tizimining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
  • budjet tizimi budjetlarining balansliligi va oʻzaro bogʻliqligi;
  • budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;
  • budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning aniq yoʻnaltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
  • budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi;
  • budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning natijadorligi;
  • kassaning yagonaligi;
  • budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
  • ochiqlik.

Manbalar

tahrir
  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJET KODEKSI“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
  2. „O'zbekistonda Byudjet kodeksi qabul qilindi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
  3. O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2023. ISBN 978-9943-380-75-2.