Budjet soʻrovi — byudjet tasnifi boʻyicha tushumlarni shakllantirish va byudjetdan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi soʻrov („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 3-m.si). "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" gi OʻzR Qonunining 25-m.siga muvofiq, OʻzR Moliya vazirligi har yili OʻzR VM tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: — — tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalari loyihalarini tayyorlash uchun — QR Vazirlar Kengashiga, vil.lar va Toshkent sh . hokimlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalarni taqsimlovchi organlarga; byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni olish uchun respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablagʻlari oluvchilarga Budjet soʻrovi yuboradi. QR Vazirlar Kengashi, vil.lar va Toshkent sh. Hokimlari Budjet soʻrovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi. QR Moliya vazirligi, vil.lar va Toshkent sh . moliya organlari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida: tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlashi uchun tum. va sh. Hokimlariga; QR byudjeti va mahalliy byudjetlardan byudjet mablagʻlari olishga buyurtmalar tuzish uchun — QR byudjetidan, vil.lar va Toshkent sh . byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet mablagʻlari oluvchilarga Budjet soʻrovi yuboradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi