Budjet ssudasi
Budjet ssudasi – yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident – yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bn ajratiladigan mablagʻ („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 3-m.si). Budjet ssudasi kechiktirib boʻlmaydigan birinchi navbatdagi tadbirlarni moliyalashtirishni taʼminlash uchun beriladi . Ular : a) daromadlar tushumlari bilan xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasidagi rejali vaqtincha uzilishlarini qoplash uchun; b) daromadlar tushumlari bn xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasidagi amaldagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun; v) QR byudjeti va mahalliy byudjetlar rejali xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga oshirish uchun ajratiladi . Ssudalar joylardagi hokimiyat ijroiya organlari rahbarlarining yozma murojaati boʻyicha beriladi. Ular QR Vazirlar Kengashi, vil . hokimlari va Toshkent sh . Hokimi tomonidan OʻzR Moliya vazirligiga joʻnatiladi, tum.lar va sh . hokimlari esa yuqori hokimiyat organlariga yuboradi. Byudjetga daromadlar kelib tushmagan yoki byudjet xarajatlarini oldindan moliyalashtirish zarurati tugʻilgan holatlar hamda qabul qilingan choralar tegishli byudjet daromadlari va xarajatlari muvozanatini taʼminlamagan sharoitlar ssuda berilishi uchun murojaatga asos boʻlib xizmat qilishi mumkin[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |