Budjet tizimi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Budjet tizimi — mamlakat hududida amal qiluvchi barcha byudjetlar majmui. Budjet tizimi turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablagʻlari oluvchilar yigʻindisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, byudjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan oʻzaro munosabatlarni oʻzida ifodalaydi. Moliya yiliga moʻljallangan barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi). Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- byudjet tasnifi tizimi, hisob — byudjet xujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
- byudjet tuzilishining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy — hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
- turli darajadagi byudjetlarning oʻzaro bogʻliqligi;
- Davlat byudjeti balansliligi; davlat daromadlarini aniq manbalar boʻyicha va xarajatlarini yoʻnalishlari (moddalari) boʻyicha rejalashtirish;
- Davlat byudjeti xarajatlarini byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida va xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
- barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligi („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 5-m.si)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi