Budjet tuzilishi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Budjet tuzilishi — byudjet tizimining tashkil etilishi, uni tuzish prinsiplari hamda bu tizim ayrim boʻgʻinlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa. Davlatning Budjet tuzilishi byudjetlarning turlari, ularning har biri yoʻnalishi (byudjet tizimi), byudjetlar ayrim turlari oʻrtasida daromadlar va xarajatlar taqsimlanishi, ular funksiyalarining prinsiplari, vakolatli va ijroiya xokimiyati markaziy va mahalliy organlarining vakolatlarini belgilab beradigan yuridik normalarga asoslanadi. Demak, oʻz mazmuniga koʻra Budjet tuzilishi tushunchasi byudjet tizimi tushunchasiga nisbatan ancha keng ekan. Bizning Respublikamiz byudjet qonunchiligida esa, ushbu teng boʻlmagan tushunchalar oʻrtasida tenglik belgisi quyilgan boʻlib, „Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 4-m.sidagi taʼrif bunga dalil boʻla oladi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi