Budjetni rejalashtirish
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Budjetni rejalashtirish — byudjetni tuzish, koʻrib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning rejali jarayoni. Budjetni rejalashtirishning asosiy vazifasi iqtisodni koʻtarish uchun zarur boʻlgan barcha resurslarni aniqlash va jamlash hamda ulardan davlatning iqtisodiy qudratini, aholining ijtimoiy ahvolini muntazam oshirib borishda foydalanishdan iborat. Shuningdek, Budjetni rejalashtirish orqali davlatning ayrim iqtisodiy koʻrsatkichlari, davlat byudjetining daromad va xarajatlari qismi tekshiriladi hamda iqtisodiy balans taʼminlanadi. Budjetni rejalashtirishning oʻziga xos xususiyatlaridan yana biri — byudjet loyihasini tuzish va tasdiqlash bn oʻz yakuniga yetmay, balki davlat xarajatlarini qisqartirish, byudjet resurslarini tejash, davlat byudjeti daromadlarining yangi manbalarini topish maqsadida butun byudjet ijrosi vaqtida davom etadi. Budjetni rejalashtirish quyidagi bosqichlarni bosib oʻtadi: byudjet loyihasini tayyorlash, muhokama qilish, byudjet loyihasini tasdiqlash va ijrosini taʼminlash[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi