Buenos-Ayres ePrix har yili Argentinaning Buenos Ayres shahrida boʻlib oʻtadigan elektr quvvati bilan ishlaydigan, bir oʻrindiqli Formula E chempionati poygalari hisoblanadi. Buenos-Ayres ePrix birinchi marta 2014-15 yilgi mavsumda oʻtkazilgan[1].

Buenos Ayres ePrixda foydalanilgan avtodrom

Avtodrom

tahrir

Buenos-Ayres ePrix musobaqasi Buenos-Ayresning Puerto-Madero tumanida joylashgan Puerto Madero trassasida boʻlib oʻtdi. Buenos-Ayres ePrix musobaqasi birinchi marta 2015-yilning 10-yanvarida oʻtkazilgan. Formula E boʻyicha toʻrtinchi ePrix musobaqasi sifatida taqvimda eʼlon qilingan va shu vaqtda poygalar boʻlib oʻtgan. Trassaning uzunligi 2,44 km va 12 burilishdan iborat edi. Sxema Santiago García Remohi tomonidan ishlab chiqilgan[2][3][4]. Buenos Ayres ePrix tugatilgan Formula E poygasi boʻlib, Puerto Madero trassasida FIA Formula E chempionati raundida dastlabki uch mavsumida uch marta oʻtkazilgan. Buenos-Ayres ePrix 2017/18 yilgi mavsumdan boshlab boshqa hududlardan takliflar boʻlganligi sababli bekor qilindi. Buenos-Ayres 20 ta Gran-pri poygalariga mezbonlik qilgan jumladan: Formula E poyglariga ham. 2015, 2016, 2017-yilgi yillik asosiy poygalardan biri sifatida oʻtkazilgan. 2015-yilgi mavsumning ilk gʻolibi portugal avtopoygachisi António Félix da Costa boʻlgan. Keyingi yilda ingliz avtopoygachisi Sam Bird ushbu natijaga erishgan.

Kalendar

tahrir

Buenos-Ayres ePrix birinchi marta 2013-yil dekabr oyida 2014/15 mavsumining birinchi vaqtinchalik taqvimida paydo boʻlgan va yangi FIA Formula E chempionati uchun joy sifatida taklif qilingan. Keyinchalik ePrix uni mavsumning yakuniy taqvimiga kiritdi.

Natijalar

tahrir
Mavsum Trassa Gʻolib Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Oʻrta pozitsiya Tez aylanish Manba
2015 Puerto Madero   António Félix da Costa
Amlin Aguri
  Nico Prost
e.dams Renault
  Nelson Piquet Jr.
China Racing
  Sébastien Buemi
e.dams Renault
  Sam Bird
Virgin Racing
[5]
2016   Sam Bird
DS Virgin Racing
  Sébastien Buemi
Renault e.dams
  Lucas di Grassi
ABT Schaeffler Audi Sport
  Sam Bird
DS Virgin Racing
  Jérôme d'Ambrosio
Dragon Racing
[6]
2017   Sébastien Buemi
Renault e.dams
  Jean-Éric Vergne
Techeetah
  Lucas di Grassi
ABT Schaeffler Audi Sport
  Lucas di Grassi
ABT Schaeffler Audi Sport
  Felix Rosenqvist
Mahindra Racing
[7]

Manbalar

tahrir
  1. „Round 4 – 06 February 2016  – Buenos Aires, Argentina“. Formula E. Formula E Holdings Limited. 2015-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2015-yil.
  2. „Circuit Guide | Buenos Aires, Argentina - Round 4 | FIA Formula E“. FIA Formula E. 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2014-yil.
  3. „Formula E unveils track for Buenos Aires ePrix“. FIA Formula E (21-iyul 2014-yil). 2014-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2014-yil.
  4. „Formula E unveils track for Buenos Aires Eprix“. motorsport.com (21-iyul 2014-yil). Qaraldi: 25-avgust 2014-yil.
  5. „Formula E 2015 Buenos Aires ePrix Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  6. „Formula E 2016 Buenos Aires ePrix Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.
  7. „Formula E 2017 Buenos Aires ePrix Classification“. Motorsport Stats. Qaraldi: 13-may 2022-yil.