Bunge takasoqoli
Bunge takasoqoli lotincha: Scorzonera bungei) – murakkabguldoshlar oilasi takasoqol turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Qoraqalpog'istondagi Sulton Uvays tog‘i hududida tarqalgan[1].
Bunge takasoqoli | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli o‘simliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Takasoqol |
Oila: | Murakkabguldoshlar |
Binar nomi | |
Scorzonera bungei |
Tavsifi
tahrirBalandligi 30-40 sm gacha yetuvchi koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Ildizi uchida tugunaklar hosil boʻlgan vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi. Ildiz boʻgʻzi qalin, malla tuklar bilan qoplangan. Poyasi 2 3 dona, shoxlangan sirti tuklar bilan qoplangan. Barglari oddiy, poyada navbatma-navbat joylashgan, yumshoq, ikki tomoni yotiq tukli, chetlari tekis yoki egri-bugri qirqilgan. Poyaning ildizga yaqin qismidan oʻsib chiqqan barglari bandli, qalami nashtarsimon, kengligi 1,5-2,5 sm. Poyadagi barglari bandsiz, qalami nashtarsimon, ostki qismi bilan poyani oʻrab olgan. Gullari savatcha toʻpgulda joylashgan. Savatchalar har bir poyaning uchida yakka yakka oʻrnashdi. To‘pguli avvaliga silindrsimon shaklda boʻladi, vaqt oʻtib teskari choʻqqi shakliga kiradi. Savatchasining ostki tomoni oʻrama barglar bilan oʻralgan. Bargchalari kumushrang tusdagi tuklar bilan qoplangan. Gultojibarglari sargʻish rangda. Aprelda gullab mevasi mayda pishib yetiladi. Urugʻining uzunligi 6-7 mm oq tuklar bilan oʻralgan, shamol orqali tarqaladi. Urug‘idan va vegetativ yoʻl bilan tugunagidan koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
tahrirTabiatda juda kam tarqalgan yakka yakka holatda uchraydi. Qoraqalpog'istondagi Sulton Uvays tog‘i hududida tarqalgan. Togʻlar orasidagi qoyalarda va toshli tuproqlarda oʻsishga moslashgan. Maʼlum bir tuproq sharoitiga moslashganligi sababli yovvoyi holatda kam uchraydi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Scorzonera bungei“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.