Bursa Botanika bogʻi
Bursa botanika bogʻi Izmir — Istanbul yoʻli yonida joylashgan, Bursa hayvonot bogʻi 400 gektarlik hudutni qamrab oladi.
1998-yildan beri u yer 1-darajali tabiiy muhofaza qilinadigan hudud hisoblanadi. Bu oʻsimlik tadqiqotlari va ilmiy tadqiqotlar uchun ochiq boʻlgan hudut. Bogʻning qurilishi 1995-yilda boshlangan va 1998-yilda foydalanishga topshirilgan.
Bogʻda yugurish yoʻlaklari, piyodalar yoʻlaklari, velosiped yoʻllari, stol tennisi maydonchalari va sport uchun avtomobil yoʻli ham mavjud. Bogʻda velosipedlarni ijaraga olish mumkin. Shuningdek bogʻ hududida daraxtlarning 150 turi, atirgullarning 27 turi, butalarning 76 turi, qoplamali oʻsimliklarning 20 turi mavjud.
Botanika bogʻida Yapon bogʻi, Fransuz bogʻi, Ingliz bogʻi, atirgul bogʻi, tosh bogʻi, xushboʻy oʻsimliklar bogʻi, shaklli oʻsimliklar bogʻi kabi nomlar bilan turli bogʻlar yaratilgan. Xalqaro lolalar festivali munosabati bilan har yili 200-250 mingta lola ekiladi.
Park loyihasi ITU arxitektura fakulteti professori Ahmet C. Yulduzji tomonidan tayyorlangan.