Bursa Texnika Universiteti (turkcha: Bursa Teknik Üniversitesi, inglizcha: Bursa Technical University) 2010-yil Turkiyaning Bursa shahrida qurilgan davlat universitetidir. Bursa Texnika Universiteti Turkiyaning beshinchi texnika universiteti va Bursaning ikkinchi davlat universiteti hisoblanadi. Ta’sischi rektor prof. Dr. Ali Sürmen hisoblanadi. 2022-yil 23-dekabr holatiga koʻra rektor prof. Dr. Naci Çağlarboʻlgan[1].

Bursa Texnika Universiteti
Asos solingan 2010-yil 21-iyul
Oʻquv yurti turi Davlat Universiteti
Rektori Prof.Dr. Naci Çağlar
Fakultetlar

6 ta fakultet

1 ta institut
Manzili Bursa, Turkiya
Vebsayti btu.edu.tr

Tarix tahrir

Bursaning ikkinchi davlat universiteti va Turkiyaning beshinchi texnik universiteti sifatida 2010-yilning 21-iyulidagi 27648-sonli “Oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qonun bilan 2010-yilning 21-iyulidagi Rasmiy gazetada e’lon qilingan. Shuningdek 6005-sonli “Ayrim qonunlar va qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq 6 ta fakultet, 2 ta institut va 1 ta kollej bilan tashkil etildi.

2011-yil Osmangazi shaharchasida 10 gektar maydon ajratildi. Merinos Otaturk Kongress madaniyat markazining bir qismi Bursa shahar hokimiyatidan ijaraga olingan va Mashinasozlik va kimyo fakultetlariga ilk bakalavriat talabalarini qabul qilgan. 2012-yilda Yildirim kampusi foydalanishga topshirildi. Universitet kutubxonasi tashkil etilib ilk kitoblar xarid qilindi. Osmangazi kampusida oshxona, sinf xonalar va laboratoriyalar foydalanishga topshirildi. Mimar Sinan Kampusi 2016-yilda foydalanishga topshirildi.

Akademik birliklar tahrir

Bursa Texnika Universitetida 6 fakultet, 1 institut, 1 kollej va 12 tadqiqot markazi mavjud.

Fakultetlar

  • Muhandislik va tabiiy fanlar fakulteti
  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti
  • Dengizchilik fakulteti
  • O‘rmon xo‘jaligi fakulteti
  • Aloqa fakulteti
  • Arxitektura va dizayn fakulteti,

Talabalar va ilmiy xodimlar soni tahrir

2021-2022-o‘quv yilida universitetda jami 8739 nafar talaba tahsil olgan. Ulardan 6915 nafari 46 ta yo‘nalish bo‘yicha bakalavriatda va 1824 nafari 58 ta yo‘nalish bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. Talabalarning 8 % ini chet ellik talabalar tashkil etadi.

2022-yil holatiga ko’ra Universitetda 50 nafar professor, 42 nafar dotsent, 130 nafar doktor, 249 nafar oʻqituvchi va ilmiy xodim, shuningdek, 166 nafar ma’muriy va 97 nafar xizmat koʻrsatuvchi hodim ishlagan[2].

Kampuslar tahrir

Bursa Texnika Universiteti akademik, ilmiy tadqiqotlari va ta’lim faoliyatlarini Mimar Sinan va Yildirim kampuslarida davom ettirmoqda.

Havolalar tahrir

Rasmiy sayt

Manbalar tahrir

  1. „BTÜ Genel Bilgiler“. 3-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  2. „BTÜ - Bilgi Ekranı“. 27-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2020-yil.