Butkov trixantemisi
Butkov trixantemisi (lotincha: Trichanthemis butkovii) – ikki urugʻpallalilar sinfi, murakkabguldoshlar oilasiga mansub gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol tog‘ tizmasi Oqbuloq daryosi havzasida tarqalgan[1].
Butkov trixantemisi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Oila: | Murakkabguldoshlar |
Binar nomi | |
Trichanthemis butkovii |
Tavsifi
tahrirBoʻyi 40 sm gacha yetadigan koʻp yillik ildizpoyali oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasi yogʻon, yogʻochlashgan, sirti toʻq qoʻngʻir tusda. Poyasi shoxlangan, barglari kam. Barglari yashil, qattiq, tuksiz, ingichka, asosidan ikki yoki uch karra patsimon boʻlingan, bandsiz. To‘pguli murakkab savatcha shaklida. Gullari bir jinsli. To‘pguldagi gullar ikki xil tuzilgan. Savatcha oʻrtasidagi gullari ikki jinsli, oq sariq, tilsimon gullari urugʻchibargli, oq tusda. To‘pguli ostidan yashil oʻrama bargchalar bilan oʻralgan, uzun siyrak tuklar bilan qoplangan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyunda gullab mevasi iyulda yetilib pishadi. Mevasi quruq bir urugʻli pista meva. Urug‘i uzun oq tuklar bilan qoplangan. Urug‘i va ildizpoyasi orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
tahrirTabiatda juda kam tarqalgan, noyob tur. Toshkent viloyati Chatqol tizmasi Oqbuloq daryosi havzasida uchraydi. Togʻlarning oʻrta va pastki qismlaridagi qoyalar orasida uchraydi. Yem-xashak tayyorlash uchun boshqa oʻsimliklarga qoʻshib oʻrilishi va chorva mollarining ko‘plab boqilishi sababli soni qisqarib ketgan. Chatqol biosfera qoʻriqxonasi va Ugom Chatqol davlat milliy tabiat bog'i hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Trichanthemis butkovii Kovalevsk.“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.