Butunjahon yoshlar kuni“ — yosh insonlarning norasmiy baynalmilal bayrami. Har yili 10-noyabrda nishonlanadi. U Butunjahon Demokratik Yoshlar Federatsiyasi (WFDY) shafeligida tashkil etiladi.

Tarixi tahrir

Bayram 1945-yilda, Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan ikki oycha vaqt oʻtgach tashkil etilgan. „Butunjahon yoshlar kuni“ni nishonlash sanasi 29-oktabrdan 10-noyabrgacha Angliya poytaxti Londonda boʻlib oʻtgan Butunjahon yoshlar konferensiyasi yakunlangan kunga toʻgʻri keladi. Xalqaro Yoshlar anjumanining yakuniy kuni, birinchi navbatda, Butunjahon Demokratik Yoshlar Federatsiyasi (WFDY) tashkil topgan kun sifatida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu Federatsiya „turli yoshlar tashkilotlarini imperializm va reaktsiyon kuchlarga qarshi kurashda birlashtirish, tinchlik, demokratiya, milliy mustaqillik, yoshlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish“ni oʻzining bosh maqsadi deb eʼlon qilgan. Sovet Ittifoqi ushbu tashkilotda „SSSR yoshlar tashkilotlari qoʻmitasi“ nomidan qatnashgan. Aynan WFDY „Butunjahon yoshlar kuni“ni nishonlash tashabbuskori boʻldi.[1]

SSSR parchalangandan keyingi davr tahrir

Sovet sotsialistik respublikalar ittifoqi parchalanishi va Sharqiy Evropa mamlakatlarida sotsializm magʻlubiyati bilan „Butunjahon yoshlar kuni“ni rasmiy ravishda nishonlash deyarli barham topdi. Biroq, vaqti-vaqti bilan yuqori lavozimli davlat amaldorlari „BYK“ga bagʻishlangan tabrik soʻzlari bilan chiqishadi. Misol uchun, 2009-yilda Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Vladimir Evgeniyevich Churov tomonidan shunday murojaat qilingan edi: Bugun boʻlgʻusi va yosh saylovchilar ajoyib bayram — Jahon yoshlar kunini nishonlamoqda…[2].

„Butunjahon yoshlar kuni“ dam olish kuni hisoblanmaydi.

Dunyo yoshlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida tashkil etiladigan bosh bir kun — 12-avgustni bayram sifatida nishonlaydi. Yoz mavsumiga toʻgʻri keladigan bayram — Xalqaro yoshlar kuni deb ataladi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir