Buxgalteriya assotsiatsiyalari buxgalteriya sohasini qoʻllab-quvvatlash hamda standartlar bilan taʼminlash uchun tashkil etilgan. Assotsiatsiyalar vazifasi ishga yollanayotgan buxgalter bilim darajasini aniqlash va buxgalter talab etiladigan sohalar uchun umumiy standartlar yaratishdan iborat.

Buxgalter tushunchasi juda keng maʼnoga ega boʻlib, uni turlicha taʼriflash mumkin. Har bir mamlakat oʻz standartlariga ega va har bir shaxs bu sohada bilim va koʻnikmaga ega boʻlmasa ham oʻzini buxgalter deb atashi mumkin. Buxgalteriya malakasini olish usullari turlicha. Malaka olmoqchi boʻlgan buxgalter toʻlovni toʻlab imtihonda qatnashmasligi, oʻz tajribasiga asoslangan holda malaka oshirishi, nazoratchisiz imtihon topshirishi, nazorat ostida imtihon zallarida offline yoki maxsus kompyuter markazlarida online tarzda imtihon topshirishi mumkin. Koʻpgina mamlakatlarda raqobatchi buxgalterlik assotsiatsiyalari mavjud, ammo ularning malaka sertifikatlari talabi va bilim darajasi turlicha.

Buxgalteriya assotsiatsiyalari buxgalteriya hisobi, soliq va huquqiy masalalar hamda oʻz aʼzolarining kasbiy rivojlanishi borasida yordam beradi. Shuningdek, ular oʻz aʼzolari nomidan ularning manfaatlarini koʻzlab huquqiy tomonlama koʻmaklashadi. Ular buxgalteriya hisobi standartlarini va malakali buxgalterdan foydalanishning afzalliklarini qoʻllab-quvvatlovchi va targʻib qiluvchi tashkilot.

Xalqaro buxgalteriya hisobi assotsiatsiyalari roʻyxati

tahrir
Mamlakat Tashkilot Imtihon (Nazoratsiz) Imtihon (Nazoratchi orqali) Tajriba asosida Litsenziya asosida
Avstraliya Buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassislar uyushmasi (Avstraliya)[1] Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas
Avstraliya Buxgalterlarni sertifikatsiyalash instituti (Avstraliya)[2] Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas
Kanada Kanada Buxgalterlar assotsiatsiyasi[3] Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas
Kanada Kanada professional buxgalterlar instituti[4] Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas
Daniya Mustaqil Buxgalterlar uyushmasi[5] Mavjud emas Mavjud emas Mavjud Mavjud emas
Hindiston Buxgalterlarni sertifikatlash instituti (Hindiston)[6] Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas
Irlandiya Buxgalterlarni sertifikatlash instituti[7] Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas
Irlandiya Irlandiya Buxgalterlar uyushmasi[8] Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas
Isroil Isroil Buxgalterlar uyushmasi[9] Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas
Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya Malakali Buxgalterlar uyushmasi[10] Mavjud Mavjud emas Mavjud Mavjud emas
Yangi zelandiya Yangi Zelandiya Buxgalterlar uyushmasi[11] Mavjud Mavjud emas Mavjud emas Mavjud emas
Nigeriya Nigeriya Buxgalterlar uyushmasi[12] Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud
Norvegiya Norvegiya vakolatli buxgalterlar uyushmasi[13] Mavjud emas Mavjud Mavjud emas Mavjud emas
Janubiy Afrika Buxgalterlarni sertifikatlash instituti (Janubiy Afrika)[14]
Buyuk Britaniya Buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassislar uyushmasi[15] Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas
Buyuk Britaniya Xalqaro Buxgalterlar uyushmasi[16] Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas
Buyuk Britaniya Buxgalterlarni sertifikatlash instituti[17] Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas
AQSH Buxgalterlarni sertifikatlash instituti[18] Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas
AQSH Amerika professional buxgalterlar instituti[19] Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas

Jadval sarlavhalari taʼrifi

tahrir

Mamlakat

Buxgalteriya uyushmasi tashkil etilgan davlat. Agar buxgalteriya uyushmasi bir necha davlatda tashkil etilgan boʻlsa u har bir davlat uchun alohida huquq va egalikka hamda qatnashuvchilarga ega boʻladi.

Tashkilot

Buxgalteriya uyushmasining toʻliq nomi.

Imtihon (nazoratsiz)

Mustaqil tarzda, tekshiruv va tekshiruvchilarsiz topshiriladigan imtihon.

Imtihon (nazoratchi orqali)

Nazoratchilar tomonidan nazorat ostida topshiriladigan imtihon.

Tajriba asosida

Malaka sertifikati shaxsning tajribasi asosida beriladi va imtihon olinmaydi. Nomzod oʻz tajribasi haqida kerakli maʼlumotlarni taqdim etadi.

Litsenziya orqali

Nomzod buxgalter sifatida faoliyat olib borish huquqini sotib oladi, ammo imtihon topshirganligi yoki tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar talab qilinmaydi.

Manbalar

tahrir