Buxoro dahasi

tahrir

Buxoro shahar Registoni orqali o‘tgan Samarqand (shimoli-sharq) va Silahxona (janubi-g‘arb) darvozalarini tutashtiruvchi markaziy yo‘llardan biri Buxoro shahrini 2 bo‘lakka ajratgan. Bu ikki qism «sahm» deb atalgan va ularni ikki amaldor boshqargan. Bu amaldorlarni «bobo» deiyshgan. Mazkur ikki sahmning har biri 6 dahadan iborat bo‘lgan. Daha «dahaboshi» tomonidan boshqarilgan. Dahaboshilar ixtiyorida bir nechta mirshab xizmat qilgan. Ular o‘zlariga biriktirilgan hududda aholi tinchligini saqlash, jamiyatda o‘rnatilgan tartib-qoidalar buzilishining oldini olish uchun javobgar bo‘lgan. Kechalari belgilangan vaqtdan keyin ko‘chalarni nazorat qilishgan. Aholi xuftondan so‘ng biror uzrli sababsiz ko‘chalarda aylanib yurishi taqiqlangan edi. Olimlardan Lerix tadqiqoti davomida Buxoro shahridagi 12 ta: 1. Qoziyon dahasi (Buxoro shaharining shimolida joylashgan). 2. Morkushon dahasi (shimoli-sharq). 3. Gavkushon dahasi (sharq). 4. Bozori Xoja dahasi (Govkushon janubida). 5. So‘fiyon dahasi (janubi-sharq). 6. Xiyobon dahasi (janubda). 7. Adrasbofon dahasi (janubi-g‘arbda). 8. Jo‘ybor dahasi (g‘arbda). 9. Kulolgaron dahasi (g‘arbda). 10. Chashmai Ayub dahasi (shimoli-g‘arbda). 11. Murdasho‘yon dahasi (shimoli-g‘arbda). 12. Buxoro Registoni dahasi (markazda) kabi ma’muriy boshqaruv dahalarga bo‘linganini o‘rganadi. Ilmiy tadqiqotlar davomida O.A.Suxareva Buxoroning tarixiy mahalla, guzarlarini qayta o‘rganib, Lerix ma’lumotlariga aniqliklar kiritadi. XX asr 90-yillarida Sayyora Rahmatova va Haydar Qurbonovlar Buxoro guzarlari tarixini tadqiq etishadi.

Бухоро таълим тизими тарихи [Матн] / А.Жуманазар. Тошкент: Акаdеmnashr, 2017. – 592 б.