Buxoro muhandislik-texnologiya instituti — Buxoro shahridagi Oliy oʻquv yurtlaridan biri.[1]

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
(BuxMTI)
Xalqaro nomi Bukhara engineering technological institute
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Siddiqova Sadoqat G‘afforovna
Talabalari 14000+
Fakultetlar 8 ta
Bakalavriat 5 819+
Magistratura 203+
Professorlar 97+ ta
Manzili Q.Murtazoev ko’ch, 15. Buxoro shahar, O`zbekiston Respublikasi
Vebsayti BMTI veb-sahifasi

Koordinatalari: 39°45′18.000000000009″N 64°25′19.999999999214″E / 39.75500000000000256°N 64.42222222222200401°E / 39.75500000000000256; 64.42222222222200401 G O

Tarixi tahrir

Buxoro shahrida 1958-yilda Toshkent Politexnika institutining sirtqi umumiy mexanika fakulteti ochildi. 1972-yilda mazkur fakultet negizida Toshkent Politexnika institutining filiali tashkil etildi.1977-yildan esa Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti mustaqil taʼlim muassasasi sifatida faoliyat koʻrsata boshladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20 maydagi PQ −1533 -qaroriga asosan Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiya instituti negizida Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti tashkil etildi. Ikki yildan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15 apreldagi PQ — 1954-sonli qaroriga asosan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi. Institutda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 5580 nafar talaba va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha 146 nafar talaba tahsil oladi. Institutda 430 nafar professor — oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatmoqdalar, ulardan 12 nafari fan doktori, professor, 117 nafar fan nomzodi, docentlar, 5 nafar (PhD) falsafa doktorlari boʻlib, professor — oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati 31,0 foizni tashkil etadi. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti asosiy faoliyati mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, engil sanoat, toʻqimachilik, oziq-ovqat, neftgaz va kimyo sanoati, arxitektura va qurilish, birinchi navbatda „Navoiy“ erkin industrial-iqtisodiy va „Jizzax“ maxsus industrial zonalaridagi korxonalarining yuqori malakali muhandis va muhandis-texnologlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida bakalavriat va magistratura tizimida yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek kasb xunar kollejlari maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining malakasini oshirish, oʻquv jarayonini ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyati bilan integraciyasi hisoblanadi. Institutning umumiy maydoni 25 ga. boʻlib, 4 ta oʻquv binosi, 2 ta talabalar turar joyi, zamonaviy sport zali va akademik litseyni oʻz ichiga oladi.

Manbalar tahrir

  1. arxiv nusxasi, 2020-07-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-05