Buxoro soliq texnikumi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining taʼlim muassasasi.

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-mayda „Buxoro va Fargʻona shaharlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining soliq kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 178-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan[1]. Buxoro soliq kolleji Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrda „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5812-son Farmoni bilan Buxoro soliq texnikumiga aylantirildi[2].

Taʼlim yoʻnalishi

tahrir

Buxoro soliq texnikumida „Soliq va soliqqa tortish“ hamda „Buxgalteriya hisobi va audit“ taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi va sirtqi taʼlim shaklida soliq xizmati organlari uchun UNESCO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Taʼlimning xalqaro standart tasniflagich (MSKO)ning 5-darajasiga mos oʻrta maxsus professional kadrlar tayyorlanadi.

Faoliyat

tahrir

Taʼlim muassasasida bugungi kunda 8 nafar malakali pedagog xodimlar faoliyat koʻrsatmoqda. Taʼlim sifatini oshirish hamda oʻquv jarayonini nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida texnikumda vizual nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan. 2023-yilda „1-oktabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni“ munosabati bilan Buxoro soliq texnikumi direktori Izzatov Shuxrat Shomurodovich hamda texnikum oʻqituvchisi Panayev Maʼmur Maxmudovich „Oʻrta-maxsus va professional taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi[manba kerak].

Manbalar

tahrir
  1. „BUXORO VA FARG‘ONA SHAHARLARIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING SOLIQ KOLLEJLARINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази давлат муассасаси. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  2. „PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази давлат муассасаси. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.