Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat Axborot-kutubxona markaziOʻzbekistonning Buxoro shahrida joylashgan kutubxona. 1921-yil 30-iyunda ochilgan. Avvalgi nomlari: Eski Buxoro shahar markaziy kutubxonasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro oblast kutubxonasi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat Axborot-kutubxona markazi
Tip universal, ommaviy
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Manzil 705018, Buxoro, Akademik Ibrohim Moʻminov koʻchasi, 16
Tarixi
Asoschisi Muso Saidjonov
Asos solingan sanasi 1921-yil 30-iyun
Avvalgi nomlari Eski Buxoro shahar markaziy kutubxonasi,
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro oblast kutubxonasi
Fond
Fond tarkibi Hujjatlar, qoʻlyozmalar, kitoblar, davriy nashrlar, notalar, tasviriy nashrlar, kartografik nashrlar, ilmiy nashrlar, ilmiy ishlar, elektron nashrlar va b.
Kitoblar soni 239 066 (2016)

Tarixi

tahrir

XVI asrda Buxorodagi eng katta kutubxona Qulbobo Koʻkaldoshga tegishli boʻlgan. XIX asrning ikkinchi qismida Amir Muzaffar Buxoro madrasalaridagi barcha kitoblarni davlat gʻaznasiga topshirilishini buyuradi. Keyinroq, bu kitoblarning bir qismi amir kutubxonasiga berilgan. 1920-yilning sentyabrida Buxoro amirligining tugatilishi ortidan Buxoroga maxsus komissiya tashrif buyurdi[1].

„Izvestiya SIK Sovetov Turkestanskoy Respubliki“ gazetasining 1920-yil 28-oktyabrdagi 245-sonida Buxoroda koʻplab kitoblar va qoʻlyozmalarni oʻzida jamlashi mumkin boʻlgan bino jihozlanganligi haqida xabar bosildi. Bu ishlarda BXSR maorif noziri Muso Saidjonov tashabbuskor boʻldi[1][2].

1921-yil 30-iyun kuni Eski Buxoro shahar markaziy kutubxonasi ochildi. 1936-yilda Eski Buxoro kutubxonasi fondidagi ayrim qoʻlyozmalar Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonaga oʻtkazilgan[1].

Maorif xalq komissarligining qarori bilan 1938-yilda kutubxona „Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro oblast kutubxonasi“ nomi bilan qayta tashkil etildi[1].

1971-yil kutubxona uchun 500 000 kitobga moʻljallangan bino qurilgan va kutubxona shu binoga koʻchirilgan[1][2].

Kutubxonaga turli yillarda Ibodullo Odilov, Olimsho Hamroshoyev (1929—1961-yillarda rahbarlik qilgan), Muborak Rahmonova (1961—1986-yillarda rahbarlik qilgan) rahbarlik qilishgan[1].

Kutubxona fondi

tahrir

Kutubxona 1921-yilda 1187 nusxa kitob fondi bilan ochilgan va 350 nafar kitobxonga xizmat koʻrsatgan. 2016-yilga kelib kutubxona fondi 239 066 taga yetgan[2].

Kutubxonaning „Sharq adabiyotlari“ boʻlimida Amir Olimxon va Buxoro amirligi mansabdorlarining shaxsiy kutubxonalaridan toʻplangan kitoblar mavjud[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „История библиотеки в лицах“ (ruscha). einfolib.uz. Toshkent: Infolib axborot-kutubxona jurnali (2020-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 17-may 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Кутубхоналар. Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилоят универсал илмий кутубхонаси“. shosh.uz. Toshkent: Shosh.uz (2016-yil 14-avgust). Qaraldi: 17-may 2023-yil.