Buyuk Britaniya — Eron munosabatlari

Britaniya — Eron munosabatlari Buyuk Britaniya va Eron Islom Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlardir. 1935-yilgacha Fors nomi bilan tanilgan Eron, Xulaguiylar sulolasi tugaganidan keyin (XIII asr), qirol Edvard I Jefri Lenglini ittifoq tuzish umidida Eronga elchi yuborganidan beri Angliya bilan siyosiy munosabatlarga ega[1]. Oʻshandan beri bu ikki davlatning oʻzaro munosabatlari notinch davrlarda ham nisbatan sokin boʻlgan.

Buyuk Britaniya — Eron munosabatlari

Buyuk Britaniya

Eron
Diplomatik vakolatxona
Buyuk Britaniya elchixonasi Tehronda. Eron elchixonasi Londonda.

Britaniya-Eron munosabatlari tarixi

tahrir

Islom respublikasi

tahrir

1979-yilgi inqilobdan keyin Britaniya Eron bilan barcha diplomatik munosabatlarni toʻxtatdi. Britaniya elchixonasi 1988-yilda yopilgan. Eron-Iroq urushi davrida Angliyaning Iroqqa koʻrsatgan yordami davlatlar munosabatlariga yomon taʼsir qildi.

 
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson bilan. 2017-yil 9-dekabr

Oʻzaro munosabatlarning navbatdagi keskinlashuvi 2009-yilda Eronda ommaviy noroziliklarga sabab boʻlgan munozarali prezidentlik saylovlaridan keyin yuz berdi. 2009-yil 19-iyun kuni Oyatulloh Xomanaiy Britaniya hukumatini Eronga josuslar joʻnatganlikda ayblab, Britaniyani barcha Gʻarb davlatlari ichida „eng katta yovuz kuch“ deb atadi, bu esa gʻalayon koʻtargan olomonning ruhiy zoʻravonligini oshirdi. Eron ikki britaniyalik diplomatni „diplomatik maqomiga mos kelmaydigan harakat“da ayblab, mamlakatdan chiqarib yubordi[2]. 2009-yil 23-iyunda Britaniya hukumati bunga javoban ikki eronlik diplomatni Buyuk Britaniyadan chiqarib yubordi[3].

2011-yil 29-noyabrda eronlik namoyishchilar Britaniyaning Erondagi elchixonasini buzib tashladilar, diplomatik missiyalar majmuasi yopildi va xodimlarni evakuatsiya qilish boshlandi[4]. 2011-yil dekabr oyida Buyuk Britaniyadagi barcha eronlik diplomatlar Britaniya Tashqi ishlar vazirligi[5] talabiga binoan oʻz vatanlariga chaqirib olindi.

2015-yil 23-avgust kunidanTehrondagi Buyuk Britaniya elchixonasi oʻz faoliyatini davom ettirishni boshladi[6].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Patrick Clawson. Eternal Iran. Palgrave 2005 ISBN 1-4039-6276-6, p.25
  2. „UK expels Iran diplomats in tit-for-tat protest row“. The Times (23-iyun 2009-yil). Qaraldi: 24-iyun 2009-yil.[sayt ishlamaydi]
  3. „UK expels two Iranian diplomats“. BBC News (23-iyun 2009-yil). 2012-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2009-yil.
  4. „Британия эвакуирует дипломатов из Ирана“. bfm.ru (30-noyabr 2011-yil).
  5. „Иранские дипломаты покинули Великобританию“. Лента.Ру (3-dekabr 2011-yil). 4-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-dekabr 2011-yil.
  6. „Великобритания вновь открыла своё посольство в Иране“. 26-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2015-yil.