Buyuk Britaniya bayrogʻi (boshqa nomlari: Britaniya bayrogʻi, „Union Jack“)[4] — zamonaviy davlatning, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining (1922-yildan), shuningdek, poytaxti London boʻlgan bir qator tarixiy davlatlar, shu jumladan buyuk Britaniya oroli yerlarining davlat ramzlaridan biridir:

  • Angliya va Shotlandiya mustaqil qirolliklari Ittifoqi (1603-1649 va 1660-1707).
  • Angliya Hamdoʻstligi (keyinchalik Angliya, Shotlandiya va Irlandiya Hamdoʻstligi deb oʻzgartirildi) (1649—1660-yillarda)
  • Buyuk Britaniya qirolligi (1707—1800-yillarda)
  • Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi (1801—1927-yillarda)
  • Britaniya imperiyasi (1603—1997-yillarda)
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi bayrogʻi
Subyekt Buyuk Britaniya
Izoh „Yunion Jek“ (inglizcha: Union Jack)
Tasdiqlangan sanasi 1 yanvar 1801
Qoʻllanilishi Small vexillological symbol or pictogram in black and white showing the different uses of the flag
Mutanosibligi
Avvalgi bayroqlar
Britaniya armiyasining bayrogʻi
Fuqarolik sudlari bayrogʻi
Hukumat sudlari bayrogʻi
Aerodrom bayrogʻi

Britaniya bayrogʻi oʻzining mavjudligi davomida oʻzgartirilgan va unda turli xil tasvir variantlari mavjud boʻlgan. Zamonaviy Britaniya bayrogʻida koʻk toʻrtburchakli panelda oq va qizil qiya xochlarning oʻrtasiga oʻrnatilgan oq qirrali qizil tekis xoch tasvirlangan. Geraldik tafsifga koʻra, ikki xil nisbat rasman tasdiqlangan: dengizdagi kemalar 1: 2 ga teng boʻlgan bayroqni ishlatadi va quruqlikda ishlatiladigan bayroq odatda 3:5 uzunlikdagi kenglik oʻlchoviga ega.

Rasmiy nomlari:[5]

  • Union Jack (talaffuzi:Yunion Jek) : „Ittifoq geusi
  • Union Flag (talaffuzi:Yunion Fleg): „Ittifoq bayrogʻi“





"Union Jack" ning paydo boʻlishi va oʻzgarish tarixi
1606-yil 12-aprelda qabul qilingan bayroq
Shotlandiya bayrogʻning versiyasi. 1606—1707-yillarda
1649 — 1651-yillarda Ingliz Hamdoʻstligining birinchi bayrogʻi
Angliya Hamdoʻstligining ikkinchi bayrogʻi, 1651 — 1658-yillarda Kromvel davrida Angliya, Shotlandiya va Irlandiya Hamdoʻstligining birinchi bayrogʻi
1653 — 1659-yillarda Oliver Kromvelning bayrogʻi
1658-dan 1660-yilgacha Angliya, Shotlandiya va Irlandiya Hamdoʻstligining ikkinchi bayrogʻi

Tarixi tahrir

Avliyo Endrew va avliyo George xochlari tahrir

Buyuk Britaniya bayrogʻining tarixi 1603-yilda Shotlandiya qiroli James VI Angliya taxtini meros qilib olib James I nomi bilan Angliya qiroli boʻlgan vaqtga borib taqaladi. Shu bilan birga, Angliya va Shotlandiya oʻrtasidagi ittifoq shaxsiy birlashma xarakteriga ega boʻlgan va ular mustaqil davlatlar boʻlib qolgan. 12-aprel 1606-yilda davlatlar Ittifoqining yangi bayrogʻi: Avliyo Endrewning xochi tasvirlangan Shotlandiya bayrogʻi (koʻk fonda oq qiya xoch) avliyo George xochi tasvirlangan ingliz bayrogʻi (oq fonda qizil xoch) tasdiqlangan.

Dastlab bayroqlar faqat dengizda ikkala mamlakatning harbiy va savdo kemalari tomonidan ishlatilgan. 1634-yil 5-mayda uni faqat harbiy kemalarga jack („Union Jack“ — ingliz tilida „Jack“- kema yoki kemaning burun bayrogʻi degani (geus)) sifatida ishlatish buyurilgan. Bu vaqtda savdo kemalari avliyo George (ingliz) yoki avliyo Endrew (shotland) bayroqlarini koʻtarishlari kerak edi. Shu bilan birga, yer qoʻshinlari oʻz mamlakatlarining bannerlaridan foydalanishda davom etdilar. Shotlandiyada bayroqning milliy versiyasi keng tarqalgan, unda avliyo Endrew oq xochi qizil ingliz xochining tepasida joylashgan edi[6].

Angliya Hamdoʻstligi davridagi bayroqlarning variantlari tahrir

1649-yilda ingliz monarxiyasi bekor qilingan. Qirol Charles I qatl qilingan, Angliya respublikaga aylangan va oʻzining mustamlakalari bilan birga Angliya Hamdoʻstligi deb eʼlon qilingan. 1649-yil oxiriga kelib Irlandiya ingliz Hamdoʻstligiga kuch qoʻshgan. 1649-yildan 1651-yilgacha Angliya va Irlandiya uchun yagona bayroq sifatida chap tomonda Angliya bayrogʻidan qizil xoch tasviridan va oʻngda koʻk maydonda oltin Irlandiya arfasidan iborat bayroq ishlatila boshlagan. 1651-yilda, fuqarolar urushidagi yakuniy gʻalabadan soʻng, Oliver Cromwell oʻz davlati bilan Shotlandiyaga qoʻshilgan. 1606-yilgi Union Jack agʻdarilgan monarxiya bilan bogʻliq boʻlganligi sababli, Angliya va Shotlandiya yagona davlatga aylanganiga qaramay, 1606-yil bayrogʻi nafaqat rasmiy deb topilgan, balki harbiy flotda ham foydalanish taʼqiqlangan. 1651-yildan beri Angliya Hamdoʻstligi Angliyaning ikkita bayroqlaridan tashkil topgan bayroqni Shotlandiyaning ikkita bayrogʻiga diagonal ravishda qoʻyib ishlata boshlagan. 1653-yilda Angliya, Shotlandiya va Irlandiya Hamdoʻstligi Konstitutsiyasi qabul qilingan, u Lord-protektor lavozimini joriy qilgan. Oliver Cromwell Lord-protektor lavozimini olgan, 1655-yilda oʻz bayrogʻini qabul qilgan, qabul qilingan bayroq 1651-yildagi bayroq boʻlib, bayroqdagi Shotlandiya bayroqlaridan biri koʻk maydondagi Irlandiya Arfasi bilan almashtirilgan va oʻrtaga Cromwellning shaxsiy gerbi qoʻshilgan. Ushbu gerb 1659-yilgacha Hamdoʻstlik bayrogʻida toʻliq takrorlangan. 1658-yilda Cromwell vafot etgan va Union Jack yana rasmiy maqomga ega boʻlgan, uning markaziga Irlandiya Arfasi qoʻshilgan. Ushbu Union Jack Irlandiyaning haqiqiy milliy ramzi sifatida taqdim etilgan tarixdagi yagona davr edi. 1660-yilda monarxiya tiklangan va Union Jack oʻzining asl qiyofasiga qaytgan (Irlandiya Arfasisiz).

1707-yilda ikkala qirollikni Buyuk Britaniyaning yagona Qirolligiga birlashtirgan Ittifoq akti qabul qilingandan soʻng, Union Jack yangi davlatning bayrogʻiga aylangan.

Avliyo Patrick xochi tahrir

1801-yil 1-yanvarda Buyuk Britaniya va Irlandiyani birlashtirish toʻgʻrisidagi AKT qabul qilinishi bilan Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi tuzildi. Oldin mavjud boʻlgan Union Jackʼga Irlandiyaning ramzi qoʻshildi — Avliyo Patrick xochi (oq fonda qizil qiya xoch). Shu bilan birga, oq Shotlandiya va qizil Irlandiya xochlari maʼlum bir tarzda kesishadi. Avliyo Patrickva Avliyo Endrew xochlarining bir-biriga nisbatan joylashuvi tufayli Buyuk Britaniya bayrogʻi assimetrik holatga ega. Ikkala qiya xochning ustun mavqeni egallamasligi uchun Avliyo Patrick xochining ustunlari torroq va bayroq markaziga nisbatan Avliyo Endrew xochining chap chetiga yaqinroq siljiydi[7].

Ushbu shaklda Buyuk Britaniya bayrogʻi bugungi kungacha saqlanib qoldi. Zamonaviy Shotlandiya bayrogʻining koʻk rangi Union Jackʼda ishlatiladigan koʻk rangdan ochroq.

Bayroqdan foydalanish tartibi tahrir

Buyuk Britaniyada Union Jack har qanday shaxs yoki tashkilot tomonidan oʻzi tanloviga koʻra hohlagan kunda koʻtarilishi mumkin.

 
Birlashgan Qirollik Bayrogʻi.

Joylashishi tahrir

Bayroq naqshlari qizil diagonali chiziqlardan tashqari oq diagonallalli chiziqlar nisbatan simmetrik. Qizil diagonalning yuqorisida va ostidagi oq chiziqlar turli xil kengliklarga ega. Milga yaqinroq boʻlgan tomonda (bayroqning grafik tasvirining chap tomonida va fotosuratning oʻng tomonida), qizil diagonallar ustidagi oq chiziqlar kengroq; mildan uzoqroq boʻlgan tomonda (bayroqning grafik tasvirining oʻng tomonida va fotosuratning chap tomonida) kengroq oq chiziqlar qizil diagonallar ostida joylashgan va torlari ularning ustida.

Boshqacha qilib aytganda, bayroq rasmi quyidagicha tavsiflanadi: agar bayroq chap tomonda boʻlsa, soat yoʻnalishi boʻyicha oq keng diagonali chiziqlar qizil diagonallardan keyin joylashtirilishi kerak; agar bayroq oʻng tomonida boʻlsa (qarang: fotosuratda), qizil diagonallardan keyin oq kenglikning joylashuvi soat strelkasiga qarshi boʻlishi kerak[8].

 
Vertikal joylashuvi

Bayroq kunlari tahrir

1975-yildan Qirollik buyrugʻiga binoan buyuk Britaniya bayrogʻi qirol oilasi aʼzolarining tugʻilgan kunlarida, monarxning toʻy yilligida, Hamdoʻstlik kunida, qirolichaning rasmiy tugʻilgan kunida, toj kiydirish marosimida va parlamentning ochilish marosimida yuqoriga ilib qoʻyiladi[9].

2013-yil boshidan buyon bayroq ilinishi kerak boʻlgan tegishli kunlar:

  • 9-yanvar: Kembrij gertsoginyasining tugʻilgan kuni
  • 20-yanvar: Wessec grafinyasining tugʻilgan kuni
  • 6-fevral: Qirolicha hukmronligining yilligi (1952-yildan beri)
  • 19-fevral: York gertsogining tugʻilgan kuni
  • Mart oyining ikkinchi yakshanbasi: Hamdoʻstlik kuni
  • 10-mart: Wessecning tugʻilgan kuni
  • 21-aprel: qirolichaning tugʻilgan kuni
  • 9-may: Yevropa kuni
  • 2-iyun: qirolichaning toj kiydirilishi yilligi
  • 10-iyun: Yedinburg gersogi Filippning tugʻilgan kuni
  • Iyun oyining ikkinchi shanbasi: qirolichaning rasmiy tugʻilgan kuni
  • 21-iyun: Kembrij gertsogining tugʻilgan kuni
  • 17-iyul: Kornaul gertsogining tugʻilgan kuni
  • 15-avgust: Qirollik malikasining tugʻilgan kuni
  • 14-noyabr: Uels shahzodasining tugʻilgan kuni
  • 20-noyabr: qirolicha va Yedinburg gersogining toʻy yilligi

Bundan tashqari, bayroq quyidagi joylarda belgilangan kunlarda koʻtarilishi kerak:

Bayroqni tushirish tahrir

Ittifoq bayrogʻi (shunda uning yuqori qirrasi bayroq ustunining umumiy balandligidan 2/3 balandlikda joylashgan) quyidagi holatlarda tushirilishi kerak:

Chizmasi tahrir

3:5 nisbat
1:2 nisbat

Galereya tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Union Flag: approved designs“ (en-GB). Геральдическая палата. — „For the avoidance of doubt and the sake of convenience, Garter King of Arms[en], under the authority of the Earl Marshal, has approved two versions of the Union flag as being accurate representations suitable for use. These are of the proportions 5:3, commonly flown on land; and 2:1, commonly flown at sea.“. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
  2. „UK Flag Protocol | Free online guide | With illustrations“ (en-GB). The Flag Institute. — „The normal proportions for the national flags of the United Kingdom are 3:5 on land, but ensigns are customarily made in proportion 1:2.“. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
  3. „United Kingdom Flag | Free official image and info | UK Flag Registry“ (en-GB). The Flag Institute. — „The flag is 3:5 on land and 1:2 at sea.“. 2020-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
  4. Foli D. Ensiklopediya znakov i simvolov — M.: Veche, 1997—512 s. — S. 226
  5. Nicolls Bruce. The Union Jack or The Union Flag? // „The Flag Institute“ website (www.flaginstitute.org)
  6. Scottish variant // United Kingdom − History of the Flag: Part 1 United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland // © „Flags of the World“ website (www.crwflags.com/fotw/flags) Last modified: 2015-12-17.
  7. Кильюнен К.. Государства и флаги. Энциклопедия. М.: РОССПЭН, 2008 — 106 bet. 
  8. „Белый крест на красном фоне чей флаг: как выглядит Великобритания?“ (ru). 2019-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  9. Ministry of Defence. „The Queen's Regulations for the Army 1975“. gov.uk (1996-yil 1-mart).
  10. „The Royal Banner and Arms of Scotland“. The Royal Household. Qaraldi: 2018-yil 9-yanvar.