Buyuk Ipak yoʻli koʻrgazmalar zali (Oʻzbekiston madaniyat tarixi davlat muzeyi)

Qadimgi va oʻrta asrlarda butun Yevrosiyo qitʼasini kesib oʻtgan Buyuk ipak yoʻli Sharq va Gʻarbning madaniy anʼanalariga kirib borish va almashishda misli koʻrilmagan ahamiyat kasb etdi, uning chorrahasi Oʻzbekiston hududlari edi. Jahon ahamiyatiga molik madaniyatning eng muhim tarixiy oʻchogʻi boʻlgan Samarqandda ushbu koʻrgazmaning tashkil etilishi koʻp asrlar davomida Buyuk ipak yoʻlining asosiy boʻgʻinlarini tashkil etgan Oʻzbekiston va Xitoy davlatlari oʻrtasidagi zamonaviy siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikning tarixiy ildizlarini koʻrsatadi.

Ushbu bino XX asr boshlarida Rossiya-Xitoy banki uchun qurilgan. Koʻrgazmaga aylantirulgunga qadar binoda Samarqand davlat universitetining maʼmuriyati joylashgan edi. Koʻrgazma 2022-yil sentyabrda Samarqanddagi Shanaxay hamkorlik tashkilotining nvbatdagi majlisi oʻtkazilish kunlarida ochildi.

Gʻarb davlatlarini Sharq mamlakatlari bilan bogʻlaydigan qadimgi va oʻrta asrlarning savdo yoʻllari tizimi Buyuk Ipak yoʻli nomi bilan mashhur. Qadimgi davrlarda Xitoy va Oʻzbekistonni bogʻlaydigan karvon yoʻlidir va koʻp asrlar davomida Xitoydan ipakni eksport qilish uchun ishlatilgan. Xitoydan ipak mato va ipak uchun xom ashyo, chinni va nefrit mahsulotlari, qogʻoz, porox, guruch bilan karvonlar Oʻzbekiston hududi orqali Evropaga yoʻl olgan. Samarqanddan Xitoyga jun matolar, gilamlar, turli zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlar, shuningdek uzum, shaftoli va boshqa mevalar junatilgan. Fargʻonadan xitoyliklar oltin va ipakka — zotli “samoviy otlar” sotib olishgan.

Ekspozitsiya tahrir

Koʻrgazmalarda asosan 3D-mepping raqamli texnologiyalar, gologramma, animatsiya va boshqalar koʻrinishidagi syujetlar asosida proektsiyasining zamonaviy texnologiyasi qoʻllanilgan. Ekspozitsiyada Samarqand davlat muzey - qoʻriqxonasi kollektsiyasidan sanʼat va badiiy hunarmandchilik namunalari (toʻqimachilik, sopol, liboslar, ibodatxona bezaklari boʻlaklari va boshqalar) namoyish qilingan.

Koʻrgazmada Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari bilan ipakning asl vatani boʻlgan Xitoy oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asosiy eʼtibor qaratilgan. Muzeyning kirish zalida atoqli xitoy faylasufi Konfutsiy va Ulugʻ oʻzbek mutafakkir shoiri Alisher Navoiyning soʻzlari tushirilgan.

Markazda ipak, ip va matolarning tabiiy manbai boʻlgan hayot daraxti — tut koʻrinishidagi kompozitsiya zamonavi texnologiyalar orqali namoyish qilingan. Bu orqali ipak qurtidan mato olish, uning oʻziga xosliklari aks ettirilgan boʻlib, bu ham tomoshabinlarda katta qiziqish uygʻotadi.

Muzey ekspozitsiyasidan galleriya tahrir

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir