Luis Buñuel
(Byunyuel Luisdan yoʻnaltirildi)
Luis Buñuel (talaffuzi: Byunyuel Luis) (1900.22.2, Kalanda—1983) — ispan kinorejissyori. 1924-yildan Parijda yashagan va „Avangard“ harakatida qatnashgan. Birinchi mustaqil ishlari — „Andaluz kuchugi“ (1928, ssenariysi S. Dal bilan hamkorlikda), „Oltin asr“ (1930) filmlari syurrealizm ruhida ishlangan. 1932-yil Ispaniyada realistik hujjatli film („Nonsiz yer“)ni ekranlashtirdi. 1946—55 yillar Meksikada yashadi va 1960-yilda yana Ispaniyaga qaytib keldi. „Unutilganlar“, „Nazarin“, „Viridiana“, „Kunduzgi goʻzal“, „Oqsoch ayolning kundaligi“, „Bu notinch xohish nuqtasi“, „Robinzon Kruzo“ B.ning eng yaxshi filmlaridir. Diniy riyokorlikka, burjua jamiyatining ijtimoiy nohaqlik siyosatiga qarshi ruhdagi filmlar B. ijodiga xos.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |