Certificato di Conoscenza della Lingua Italiana (Italian tilini bilish testi), yoki CELI xalqaro tan olingan Italian tilini bilish testi boʻlib, u ona tilisi Italian boʻlmagan, 13 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat. Ushbu sertifikat Università per Stranieri di Perugia tomonidan beriladi. Ushbu sertifikat Italiya taʼlim vazirligi va Italiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan tan olinadi. Bu sertifikat Italiyada universitetga topshirmoqchi yoki oliy taʼlimni Italiyada davom ettirmoqchi boʻlgan yoshlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Sertifikatlar dunyo boʻylab tan olinadi. Testni olish narxi $250 ni tashkil etadi.

Kelib chiqishi tahrir

Ilk bora Italiya universitetlari tomonidan 1987-yilda taqdim etilgan. Università per Stranieri di Perugia CELI ning imtihon olinish jarayoni, baholash tizimi va kerakli darajalarni belgilanishiga maʼsuldir. Imtihon har yili 3 mavsumda: bahor, yoz va kuzda boʻlib oʻtadi.

Baholash darajalari tahrir

CELI testi 6 ta darajada baholaydi va eng yuqori natija bu 6-darajadir.

  • CELI Impatto (A1) Italyan tilini bilmaydiganlar uchun eng past, beysik til bilish darajasi.
  • CELI I (A2) Italyan tilida sodda gaplar tashkil eta oladigan, lekin tilni yaxshi tushunmaydigan darajasi.
  • CELI II (B1) Italyan tilida keragicha soʻzlasha oladigan, oʻrtamiyona daraja. Ushbu daraja bilan Italiya fuqaroligini olish mumkin.
  • CELI III (B2) Italyan tilida qiyinchiliklarsiz muloqot qila olish darajasi. Ushbu daraja bilan Italiyada oliy taʼlimga kirish mumkin.[1]
  • CELI IV (C1) Italyan tilida mukammal muloqot qila olish darajasi.
  • CELI V (C2) Italyan tilida oʻz ona tilisidagidek mukammal soʻzlasha olish darajasi.

Ushbu testni Italyan boʻlmagan yoshlar topshira oladi.

Jarayon tahrir

CELI testini olishni istagan applikant dastlab registratsiadan oʻtishi va toʻlovni amalga oshirishi kerak. Registratsiyadan oʻtish uchun oʻquvchilar onlayn formni toʻldirishlari kerak. Registratsiya imtihon kunida kamida 2 oy avval amalga oshirishi kerak[2] va imtihondan soʻng natijani 3 oy ichida eʼlon qilinadi. Test har yili olinadi. CELI testini olmoqchi boʻlgan talabalarga dunyo boʻylab koʻplab organizatsiyalar tayyorlov kurslarini taklif etishmoqda.

Manbalar tahrir

https://www.esteri.it/en/diplomazia-culturale-e-diplomazia-scientifica/cultura/promozionelinguaitaliana/societadantealighieri/

https://pavaedu.com/en/celi-and-cils-exams/

of%20Language%20Testers%20in%20Europe). https://italianculturalsociety.org/course/celi-exam/#:~:text=CELI%20is%20a%20certification%20of, of%20Language%20Testers%20in%20Europe).

  1. „CELI 2“.
  2. „CELI reg“.