Clayton Jordan Albertson 1993-yil 11-oktabrda xitoyda tavallud topgan. Albertson amerikalik sportchi boʻlib, uzoq masofaga yugurish boʻyicha dunyo rekordini oʻrnatgan. U 50 kilometrlik masofani 2 soat 38 daqiqa 43 soniyada bosib oʻtgan.

CJ Albertson

Albertsonning 2024-yil Amerika Qo'shma Shtatlari Olimpiya o'yinlaridagi ishtiroki
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 11-oktyabr 1993-yil
Sport
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Qaysi sport Yugurish
Marafonlar
Kross yugurish
Yengil atletika
Klubi Brooks atletiklari

Kollej davridagi karyerasi

tahrir

Albertson kollej davridagi musobaqalarini Arizon shtatida boshlagan. U yerda oʻtgan davrida u maktablar ichida 5000 metrlik rekordni yangilaydi, 10 marta 4 ta eng yaxshi dasturga ega boʻldi va toʻsiqlardan yugurish boʻyicha 2016 NCAA chempionatiga yoʻllanma oldi [1].

Professional karyerasi

tahrir

2019-yil aprel oyida Albertson Nyu-York shahridagi The Armory-da bino ichida 2:17:59,4 vaqt ichida marafonda yugurib, yopiq marafon boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi [2].

2020-yil iyul oyida Albertson Bruks bilan professional yugurish shartnomasini olganini oʻz instagram sahifasida eʼlon qildi.[3]

2021-yil Boston marafonida Albertson guruhdan ajralib, birinchi 20 mil davomida musobaqaning boshchiligini egallab, umumiy 10 – oʻringa sazovor boʻldi. Albertson keyinchalik intervyularda: „Men qattiq yugurmagan edim; men shunchaki pastga tushishda juda yaxshiman“[4].

2022-yil 8-oktabrda Albertson San-Fransiiskodagi Ruth Anderson xotirasiga bagʻishlangan poygada 50 km masofani 2:38:43 da bosib oʻtib, jahon rekordini yangilashga erishdi. [5]

Marafonning diqqatga sazovor natijalari

tahrir

IAAFning profilidan olingan natijalar[6]

Yil Musobaqalar Oʻrni Vaqt
2020 AQShning Olimpiya marafon sinovlari Yettinchi 2:11:49
2021 Boston marafon Oʻninchi 2:11:44
2022 Boston marafon oʻn uchinchi 2:10:23
2023 Boston marafon Oʻn ikkinchi 2:10:33
Kaliforniya xalqaro marafon Birinchi 2:11:09
Maraton Baja Kaliforniya Birinchi 2:11:08
2024 AQShning Olimpiya marafon sinovlari Beshinchi 2:10:07
2024 Boston maraton Yettinchi 2:09:53

Manbalar

tahrir
  1. „CJ Alberston“. Arizona State. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  2. „CJ Albertson Runs 2:17:59.4 As Indoor Marathon World Record Fall For 4th Straight Year At Armory“. LetsRunCJ Albertson Runs 2:17:59.4 As Indoor Marathon World Record Fall For 4th Straight Year At Armory. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  3. „CJ Albertson“ (2022-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  4. DeCosta-Klipa. „'I'm the best downhill runner in the world': CJ Albertson explains his unique Boston Marathon strategy“. Boston.com (2021-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  5. „Albertson runs world 50km record in San Francisco“. World Athletics (2022-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  6. „CJ Albertson“. World Athletics. Qaraldi: 2023-yil 2-may.

Qoʻshimcha manba linklar

tahrir