Cai Yan ( 178-yil – 206-yildan keyingi; yoki taxminan 170–215; yoki  249- yil) Xitoyning soʻnggi Sharqiy Xan sulolasi davrida yashagan xitoylik bastakor, shoir va yozuvchi boʻlgan. U Cai Yongning qizi edi. Uning nomi dastlab Chjaoji boʻlgan, ammo Jin sulolasi davrida tabu nomlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun Venjiga o'zgartirilgan, chunki Chjao uchun xitoycha belgi Jin sulolasi asoschisi imperatorining otasi Sima Chjao nomidagi bilan bir xil edi (Sima Yan) .

Cai Yan

Cai Yan Vey Zhongdaoga 衛仲道 192- yilda turmushga chiqadi. Lekin turmush o'rtog'i turmush qurganidan ko'p o'tmay olamdan o'tadi. Ular farzand ko'rmagan edilar. 194—195-yillarda Xitoy tartibsizlik davriga kirganida, Xiongnu koʻchmanchilari Xan hududiga bostirib kiradilar hamda Caini qoʻlga oldilar va uni asir sifatida shimoliy yerlarga qaytarib olib ketishadi. Asirlikda boʻlganida u Xiongnu boshlig'iga (" So'lning dono shahzodasi ") turmushga chiqadi va undan 2 o'g'il ko'radi. 12 yil o'tgach, Xan kansleri Cao Cao uni ozod qilish uchun uning otasi nomidan katta to'lov to'ladi. Cai ozod bo'lgach, u vataniga qaytib keladi, lekin bolalarini Xiongnuga qoldiradi.

Keyinchalik, Cai Dong Si ( 董祀 ) ga turmushga chiqadi. U mahalliy hukumat amaldori. Biroq, keyinchalik Dong Si o'lim jinoyatini sodir etganida, Cai Cao Caodan erining oqlanishini so'radi. O'sha paytda Cao Cao mehmonlarni kutib olish uchun ziyofat uyushtirayotgan edi, ular Caining qayg'uli ko'rinishi va xatti-harakatlaridan hayratda qoldilar. U Dong Sini kechiradi.

Uch qirollik romantikasi

tahrir

Cai Yan qisqacha "Uch qirollik romantikasi" romanining 71-bobida paydo bo'ladi, bu XIV asrning tarixiy romani hisoblanib, oldingi voqealarni va Xitoyning Uch Qirolligi davridagi romantikani tasvirlaydi.


 
Qing sulolasi davridagi ayol shoirlarning she'rlar to'plamidan Kay Venjining surati, 1772 yil

Otasi singari, Cai Venji o'z davrining taniqli xattoti boʻlgan. She'rlari uning og'ir hayoti bilan parallel boʻlgan qayg'uli ohangi bilan ajralib turar edi. Mashhur guqin asari "Ko'chmanchi nayning o'n sakkiz qo'shig'i" an'anaviy ravishda unga tegishli hisoblanadi. Qolgan 2 ta she'r "Qayg'u va g'azab she'ri" deb nomlangan ( 悲憤詩 ) bo'lib, u tomonidan yozilganligi ma'lum bo'ldi. 

Uning saqlanib qolgan she'rlariga qo'shimcha ravishda, Cai Venjining "Jamoaviy asarlar" to'plami Suy sulolasi davrigacha saqlanib qolgan, ammo Tang sulolasi tomonidan yo'q qilib yuborilgan.

Cai Venji otasining katta kolleksiyasidan 4000 jild qadimiy kitoblarni meros qilib olgan edi. Biroq, ular urush paytida vayron bo'ladi. Cao Caoning iltimosiga ko'ra, Cai ulardan 400 tasini yoddan aytib bergan va qog'ozga tushurgan edi.   Caining hikoyalari birinchi navbatda qayg'u tuyg'ulari bilan aks etadi. Uning Xan hududiga qaytishi "Cai Venji o'z vataniga qaytadi"( 文姬歸漢圖 ) ko'plab rasmlarning mavzusi boʻlgan. 


Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • de Crespigny, Rafe. A Biographical Dictionary of Later Han to the Three Kingdoms. Leiden: Brill Publishers, 2007. ISBN 978-90-474-1184-0. 
  • Fan, Ye, „Wife of Dongsi“, Chronicles of Notable Women, Book of the Later Han (xitoy), Liu Song dynasty, 84, Book 74, qaraldi: 2015-01-14
  • Kang-i Sun Chang. Women writers of traditional China: an anthology of poetry and criticism. Stanford University Press, 1999. 
  • Guo, Moruo (1987), „Cai Wenji“ (PDF), Literature Collection, Complete Works of Guo Moruo (xitoy), People's Literature Publishing House, 8: 1–121, 2015-04-02da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2015-01-14
  • Thrasher, Alan R.; Lam, Joseph S.C.; Stock, Jonathan P.J.; Mackerras, Colin; Rebollo-Sborgi, Francesca; Kouwenhoven, Frank; Schimmelpenninck, A.; Jones, Stephen et al. (2001). "China, People’s Republic of". Grove Music Online. Oxford: Oxford University Press. doi:10.1093/gmo/9781561592630.article.43141. https://www.oxfordmusiconline.com/grovemusic/view/10.1093/gmo/9781561592630.001.0001/omo-9781561592630-e-0000043141.  (subscription or UK public library membership required)