Caitlin Yankowskas (talaffuzi: Keytlin Yankovskas; 1990-yil 6-mayda tugʻilgan) — amerikalik sobiq figurali uchuvchi. 2007-yildan 2011-yilgacha John Coughlin bilan juftlikda Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan. Juftlik 2010 Cup of China musobaqasining bronza medali sovrindori boʻlgan va 2011-yilgi AQSh milliy chempionatining gʻoliblari hisoblanadi. Yankowskas sherigi Hamish Gaman bilan birga Buyuk Britaniya vakili sifatida konkida uchgan. Ular 2015-yilgi Challenge Cup turnirining kumush medali sohiblari va 2015-yili Britaniyaning milliy chempioni boʻlgan.

Caitlin Yankowskas

Yankowskas va John Coughlin
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Oldin vakil boʻlgan AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 6-may 1990-yil (1990-05-06) (34 yosh)
Nashua, New Hampshire
Boʻyi 1.60 m (5 ft 3 in)
Sherigi Hamish Gaman
Oldingi sheriklari John Coughlin
Uchishni boshlagan 1994
Yakunlagan 2015

Faoliyati

tahrir

Coughlin bilan

tahrir

Yankowskas 2007-yil iyun oyida Colorado shtatining Colorado Springs shahrida oʻzining yangi murabbiyi Dalilah Sappenfild qoʻl ostida musobaqalarda qatnashish uchun tayyorgarlik koʻrgan. Sappenfild John Coughlinni sherik sifatida Yankowskasga taklif qilgan va ular 2007-yil avgust oyining boshida juftlik hosil qilishgan. Juftlik 2008-yilgi AQSh chempionatida 6-oʻrinni egallagan va Gran-pri doirasidagi 2008 Skate America musobaqasida oʻzining debyutini amalga oshirgan[1].

2010 — 2011-yilgi mavsumda juftlikning „Ave Maria“ dastur namoyishi 2010-yilning fevralida vafot etgan Coughlinning onasi sharafiga bagʻishlangan edi. Juftlik 2010-yilda NHK Trophy musobaqasida ishtirok etib, 4-oʻrinni egallagan va Cup of Chinese turnirida birinchi Gran-pri medali - bronzani qoʻlga kiritgan. 2011 U. S. Nationals musobaqasida juftlik qisqa dastur namoyishi uchun birinchi oʻrinni egallab, oʻzlarining birinchi milliy unvonini qoʻlga kiritish uchun erkin dastur namoyishida ham gʻolib chiqqanlar[2].

Yankowskas va Coughlin juftligi 2011-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan oʻzlarining Jahon chempionati debyutida oltinchi oʻrinni egallagan; bu natija 2006-yildan beri amerikalik juftlikning eng yaxshi natijasi boʻlgan. Musobaqadan soʻng Coughlin Yankowskasga u bilan juftlik faoliyatini toʻxtatish istagini bildirgan. 4-may kuni juftlik hamkorligini tugatganini eʼlon qilgan[3].

Dasturlari

tahrir

Coughlin bilan

tahrir
Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2010 — 2011
2009 — 2010

2008 — 2009

2007 — 2008

  • The Swan

    Camille Saint-Saëns
  • Bram Stoker’s Dracula

    Wojciech Kilar

Natijalari

tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Amerika Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida Coughlin bilan juftlikda

tahrir
Xalqaro
Musobaqa 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10 2010 — 11
Jahon chempionati 6
Toʻrt qitʼa 4 4
Cup of China 3
GP NHK Trophy 4
GP Skate America 6
GP Skate Canada 7
Ice Challenge 1
Nebelhorn Trophy 6
Milliy
AQSh chempionati 6 7 6 1
Midwestern Sections 1 1

Manbalar

tahrir
  1. Walker, Elvin. „Yankowskas and Coughlin win gold with stirring tribute“. GoldenSkate.com (2011-yil 29-yanvar). 2011-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-fevral.
  2. „2011 U.S. Pairs Champions Yankowskas and Coughlin Announce End of Partnership“. U.S. Figure Skating (2011-yil 4-may). 2011-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-may.
  3. „After finishing 6th at worlds, US champs split“. Associated Press. usatoday.com (2011-yil 4-may). Qaraldi: 2011-yil 4-may.