Calder kubogi har yili Amerika xokkey ligasining pley-off chempionlariga beriladigan kubokdir. Calder kubogi birinchi marta 1937-yilda „Syracuse Stars“ xokkey klubiga taqdim etilgan.

Sport xokkey
Musobaqa Calder kubogi pley-off oʻyinlari
Mukofot beriladi Amerika xokkey ligasi chempioni
Tarix
Birinchi mukofot 1937-yil
Birinchi gʻolib Syracuse Stars (1)
Eng koʻp kubokni

qoʻlga kiritgan jamoa

Hershey Bears (11)
Kubokning oxirgi egasi Chicago Wolves (3)

Calder kubogi Braziliyadagi mahogany daraxtidan qilingan asos ustiga oʻrnatiladi. Calder kubogi kumushdan tayyorlanadi. Calder kubogining hozirgi koʻrinishida yuqoridagi kubok ikki qavatli kvadrat asosga ega boʻlib, AHLning 20 ta eng soʻnggi chempionlarining har biri uchun esdalik lavhalari mavjud. Bu esdalik lavhalarining 12 tasi quyi pogʻonada va 8 tasi yuqori pogʻonada joylashtirilgan. Har safar yangi chempionat lavhasi qoʻshilsa, eng eski lavha kubokdan olib tashlanadi. Olib tashlangan lavha esa Torontodagi Xokkey shon-shuhrat zalidagi namoyishga qoʻyiladi.

Calder kubogini eng koʻp qolga kiritgan jamoa „Hershey Bears“ xokkey klubi hisoblanadi. Bu jamoa franchayzing tarixida oʻn bir marta gʻalaba qozongan; „Cleveland Barons“ xokkey klubi toʻqqizta bilan ikkinchi oʻrinda; „Springfield Indians“ xokkey klubi yettita bilan uchinchi oʻrinda. 1960—1962-yillarda „Springfield Indians“ xokkey klubi ketma-ket uchta Calder kubogi chempionligini qoʻlga kiritgan yagona jamoa hisoblanadi.

Uch marta AHL klubi oʻzining NHL filiali Stanley kubogini qoʻlga kiritishi bilan tasodifan Calder kubogini ham qoʻlga kiritgan edi: 1976 va 1977-yillarda „Montreal Canadiens“ xokkey klubi va ularning AHL filiali „Nova Scotia Voyageurs“ xokkey jamoasi; 1995-yilda „New Jersey Devils“ xokkey klubi va uning AHL filiali „Albany River Rats“ xokkey jamoasi (yaʼni, xokkey klubining asosiy jamaosi Calder kubogini qoʻlga kiritgan yili, oʻsha klubning filial jamoasi ham Stanley kubogini qoʻlga kiritgan)[1].

Calder kubogi 2020—2021-yillarda berilmagan. Chunki oʻsha yillarda AHL COVID-19 pandemiyasi oqibatlari tufayli pley-off oʻtkazmagan edi[2].

Tarixi tahrir

Calder kubogi Milliy xokkey ligasining birinchi prezidenti boʻlgan Frank Calder sharafiga nomlangan[3]. Har yili Milliy xokkey ligasida yilning eng yaxshi xokkeychisiga topshiriladigan Calder Memorial Trophy ham Calder nomi bilan atalgan.

COVID-19 pandemiyasi natijasida AHLning 2019—2020-yilgi mavsumi bekor qilindi va 2020-yilda Calder kubogi berilmadi. Ammo Calder kubogi 1936—1937-yilgi mavsumdan 2018—2019-yilgi mavsumga qadar har yili taqdim etilgan xokkey boʻyicha pley-off oʻyinlari kubogi hisoblanadi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Story of the Calder Cup“. American Hockey League. 2008-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-iyun.
  2. „American Hockey League Announces Plans for 2021 Playoffs, Sets Calendar for 2021-22“. OurSports Central (2021-yil 29-aprel).
  3. „Story of the Calder Cup“. American Hockey League. 2008-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-iyun.

Havolalar tahrir