Cameron 'Cammy' Kerr (talaffuzi: Kameron 'Kemmi' Kerr) (1995-yil 10-sentyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Cammy Kerr „Dundee“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Cammy Kerr
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cameron Kerr
Tavallud sanasi 10-sentyabr 1995-yil (1995-09-10) (28 yosh)
Tavallud joyi Dundee, Shotlandiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dundee
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Dundee
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012 Dundee 191 (4)
2014—2015 → Peterhead (ijara) 22 (3)
2015—2016 → Peterhead (ijara) 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 22-oktyabr 17:00 (utc) uchun)

Faoliyati tahrir

Dundee tahrir

Cammy Kerr yoshligidan „Dundee“ futbol klubining yoshlar jamoasida shugʻullanib kelgan. Cammy Kerr „Dundee“ futbol klubi bilan professional futbolchilik faoliyatini ham davom ettirgan. Shundan soʻng, Cammy Kerr 2012—2013-yilgi mavsumda klubning asosiy tarkibida maydonga tusha boshlagan[1].

2013-yil iyul oyida Cammy Kerr asosiy jamoaning bir qator mavsumoldi oʻyinlariga qoʻshildi va u oʻng qanot himoyachisi sifatida maydonda harakatlandi[2]. Bu oʻyinlarning birinchisi „Montrose“ futbol klubi ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuv edi[3]. Bir nechta uchrashuvlarda gʻalaba qozongan „Dundee“ klubi Shotlandiya chempionatida gʻolib chiqdi va Shotlandiya Premer-ligasiga koʻtarildi. 2013—2014-yilgi mavsum oxirida Cammy Kerr „Dundee“ klubi bilan yana ikki yillik yangi shartnoma imzoladi[4].

Cammy Kerr oʻzining Shotlandiya Premer-ligasidagi ilk oʻyinini 2014-yilning 27-sentyabrida „Ross County“ klubiga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi[5]. 2014-yilning 6-noyabrida Cammy Kerr Premer-ligada yana bir marta maydonga tushgach, bir oylik ijara shartnomasi asosida „Peterhead“ futbol klubiga ijaraga berildi[6].

Peterhead (ijara) tahrir

Cammy Kerr „Peterhead“ klubidagi ilk oʻyinini 2014-yilning 8-noyabrida "Dunfermline Athletic' klubiga qarshi oʻtkazdi[7]. Cammy Kerr oʻzining klubdagi birinchi golini 2014-yilning 6-dekabrida "Stirling Albionʼ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi[8]. 2015-yil 9-yanvarda Cammy Kerr klub bilan ijara muddatini 2014—2015-yilgi Shotlandiya Birinchi liga mavsumi oxirigacha uzaytirdi[9][10]. Cammy Kerr klub safida jami yigirmata oʻyinda maydonga tushdi.

Cammy Kerr 2015-yil avgust oyida yana „Peterhead“ klubiga yana toʻrt oylik ijaraga berildi[11] va 2015—2016-yilgi Shotlandiya Birinchi liga mavsumida yana 10 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Dundee tahrir

Cammy Kerr 2015-yilning dekabrida „Dundee“ klubiga qayta chqirib olindi[12]. 2016-yil 2-yanvarda Shotlandiya Premer-ligasining ilk oʻyinida „Dundee“ klubi „Dundee United“ klubi ustidan gʻalaba qozondi. Ushbu oʻyinda Cammy Kerr „oʻyinning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi[13][14].

2016—2017-yilgi mavsum oxirida Cammy Kerr uchinchi marta „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ sovrinini qoʻlga kiritish bilan bir qatorda Dundee klubidagi „Yil oʻyinchisi“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Shotlandiya kubugi Liga kubugi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Dundee 2013—2014[15] Shotlandiya chempionati 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
2014—2015[16] Shotlandiya Premer-ligasi 2 0 0 0 0 0 2 0
2015—2016[17] 10 0 1 0 0 0 11 0
2016—2017[18] 36 1 1 0 4 0 41 1
2017—2018[19] 32 0 3 0 6 0 41 0
2018—2019[20] 28 1 2 0 4 0 34 1
2019—2020[21] Shotlandiya chempionati 22 0 1 0 5 0 1 1 29 1
2020—2021[22] 12 1 1 0 3 0 4 0 20 1
2021—2022[23] Shotlandiya Premer-ligasi 35 0 3 0 3 0 0 0 41 0
2022—2023[24] Shotlandiya chempionati 11 1 0 0 6 2 1 0 18 3
Jami 191 4 12 0 31 2 6 1 240 7
Peterhead (ijara) 2014—2015[16] Shotlandiya Birinchi ligasi 22 3 0 0 0 0 0 0 22 3
Peterhead (ijara) 2015—2016[17] 10 0 0 0 0 0 1 0 11 0
Jami 223 7 12 0 31 2 7 1 273 10

Manbalar tahrir

  1. „Dundee Player Profile Cammy Kerr“. Dundee Profile. 16-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  2. „Dundee Player Profile Cammy Kerr“. Dundee Profile. 16-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  3. „I'm living a dream, says Dundee fan Kerr“. Dundee Evening Telegraph (17-iyul 2013-yil). 1-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  4. „Kerr signs new deal with Dundee“. Dundee Evening Telegraph (17-may 2014-yil). 29-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  5. „Ross County 2 – 1 Dundee“. BBC Sport (27-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 27-iyun 2015-yil.
  6. „CAMMY JOINS PETERHEAD ON LOAN“. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-noyabr 2014-yil.
  7. „Peterhead 1 – 1 Dunfermline Athletic“. BBC Sport (8-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 27-iyun 2015-yil.
  8. „Stirling Albion 2–3 Peterhead“. BBC Sport (6-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 27-iyun 2015-yil.
  9. „CAMMY EXTENDS LOAN“. 2015-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2015-yil.
  10. „Forfar Athletic 3–1 Peterhead“. BBC Sport (7-fevral 2015-yil). Qaraldi: 27-iyun 2015-yil.
  11. Holme. „Peterhead sign Cammy Kerr on loan from Dundee“. Evening Express (21-avgust 2015-yil). Qaraldi: 17-iyul 2016-yil.
  12. Robertson. „Dundee boss Paul Hartley praises hat-trick hero for improved workrate“. The Courier (24-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 17-iyul 2016-yil.
  13. Davie. „Dundee 2–1 Dundee United“. BBC Sport (2-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 17-iyul 2016-yil.
  14. Duthie. „I love being a local hero says Dundee fan Cammy Kerr“. Evening Telegraph (31-may 2016-yil). Qaraldi: 17-iyul 2016-yil.
  15. „Games played by Cammy Kerr in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-noyabr 2017-yil.
  16. 16,0 16,1 „Games played by Cammy Kerr in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-noyabr 2017-yil.
  17. 17,0 17,1 „Games played by Cammy Kerr in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-noyabr 2017-yil.
  18. „Games played by Cammy Kerr in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-noyabr 2017-yil.
  19. „Games played by Cammy Kerr in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-noyabr 2017-yil.
  20. „Games played by Cammy Kerr in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-avgust 2018-yil.
  21. „Games played by Cammy Kerr in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 29-iyul 2019-yil.
  22. „Games Played by Cammy Kerr in 2020/2021“. Soccerbase. 2020-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  23. „Games Played by Cammy Kerr in 2021/2022“. Soccerbase. 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  24. „Games played by Cammy Kerr in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.