Campo de Fútbol de Vallecas stadioni

Futbol stadioni

Campo de Fútbol de Vallecas (dastlabki nomi Nuevo Estadio de Vallecas va oldinroq Estadio Teresa Rivero) — Ispaniyaning Madrid shahrida Puente de Vallecas provinsiyasida joylashgan stadion. Ushbu stadionda hozirgi kunda Ikkinchi diviziondagi klub Rayo Vallecano oʻyinlari oʻtkaziladi. Stadion 1976-yil 10-mayda ochilgan boʻlib, 14,708 nafar muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdiradi[1]. Mazkur maydon 1972– hamda 1976-yillar oraligʻida qurib bitkazilgan va Campo de Fútbol de Vallecas hamda Estadio Puente de Vallecas nomlari bilan ham atalgan[1].

Estadio de Vallecas
Toʻliq nomi Campo de Fútbol de Vallecas
Oldingi nomlari

Nuevo Estadio de Vallecas (1976–1994)

Estadio Teresa Rivero (1994–2011)
Manzili Puente de Vallecas, Madrid, Ispaniya
Sigʻimi 14,708
Maydon oʻlchami 100 m × 65 m (109 yd × 71 yd)
Ijarachilar

Rayo Vallecano (1957–1972, 1976–hozirgacha)

Racing de Madrid (1930–1932)

Atlético Madrid (1939–1943)

Ispaniya milliy futbol terma jamoasi

(tanlangan oʻyinlar)

2018-yildagi vaqtinchalik yopilishi

tahrir

2018-yil 27-avgustda stadion egasi boʻlgan Madrid hamjamiyati tomonidan inshootning ayrim qismlari xavfli deb topilgani sababli, stadionning futbol oʻyinlarini oʻtkazishi vaqtincha taqiqlandi. Bu taqiq zarur yaxshilanishlar amalga oshirilgunga qadar kuchda qolishi belgilandi.[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Rayo Vallecano de Madrid, S.A.D. :: La Futbolteca. Enciclopedia del Fútbol Español“. lafutbolteca.com. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
  2. Madridistaateo „madridistas ateos: extinción del racing club de madrid“. madridistasateos.blogspot.com.es (2012-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 6-may.