Carlos Manuel da Silva Cunha (1977-yil 6-mart, Barcelos, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Carlitos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Carlos Manuel da Silva Cunha
Tavallud sanasi 6-mart 1977-yil (1977-03-06) (47 yosh)
Tavallud joyi Barcelos, Portugaliya
Boʻyi 1.68 m
Ampluasi himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995–1998 Gil Vicente
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995–1997 Gil Vicente 60 ((10))
1997–2000 Real Madrid 0 (0)
1997–1998  Braga 16 (2)
1998–1999  Estrela Amadora 11 (0)
1999–2000  Gil Vicente 30 (6)
2000–2003 Benfica 46 (5)
2001 Benfica B 3 (0)
2004 Poli Ejido 7 (0)
2004–2006 Gil Vicente 61 (8)
2007 Belenenses 8 (0)
2007–2010 Vitória Guimarães 38 (0)
2010–2011 Gil Vicente 16 (0)
Milliy terma jamoa
1996–1997 Portugaliya U20 11 (6)
1998–2000 Portugaliya U21 15 (4)
2000 Portugaliya B 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Carlos Primeira Ligada 16 mavsum davomida jami 260 ta oʻyinda maydonga tushdi va 30 ta gol urdi. Gil Vicente klubida olti yil toʻp surdi. Shuningdek, Carlos Benfica klubida toʻrt mavsum va Vitoria de Guimarães klubida uch mavsum oʻynadi.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Carlos Barcelosda shahrida tugʻilgan va uning faolitai mahalliy Gil Vicente klubi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, Carlos bu jamoa safida toʻrt marta alohida faoliyat yuritgan. Carlos Primeira Ligadagi debyutini oʻyinini 1994—1995 yillar mavsumi oxirida 18 yoshida oʻtkazdi, keyingi ikki mavsumda yana 58 ta oʻyinida maydonga tushdi.

1997-yilda Carlos Real Madrid bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi, ammo ketma-ket S. C. Braga, C.F. Estrela da Amadora va yana Gil Visente klublariga ijaraga berildi. Carlos hech qachon Real Madrid klubi safida rasmiy oʻyinlarda maydonga tushmadi[1][2][3]. Soʻnggi mavsumda Carlos oʻz faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi, toʻqqizta gol urdi va klubi tarixda ilk bor beshinchi oʻrinni egalladi. Uning jamoadoshlari orasida kelajakda Portugaliya milliy terma jamoasining aʼzosi boʻladigan Petit ham bor edi.

Shundan soʻng Carlos liga eng yaxshi klublaridan bir S. L. Benfica bilan shartnoma imzoladi, biroq asosiy tarkibda oʻzini koʻrsata olmadi va zaxira jamoasiga oʻtkazildi[4]. 2004-yil fevraldan boshlab Carlos olti oy davomida Ispaniyaning Polideportivo Ejido klubida oʻynadi. Bu yerda Carlos oʻzining sobiq Benfika klubidagi sherigi José Calado bilan yana bitta klubda oʻynay boshladi[5].Carlos Gilga qaytdi va soʻnggi mavsumning bir qismini Segunda Ligasidagi C. F. Os Belenenses klubida yakunladi[6].

Carlos 2007—2008-yilgi mavsumda oliy ligaga qaytgan Vitoriya S.C klubiga qoʻshildi. Carlos birinchi yili 22 ta oʻyinda ishtirok etdi, shundan 11 tasida zaxiradan maydonga tushdi va klubga yakunda uchinchi oʻrinni egallashiga hissa qoʻshdi. Biroq, keyinchalik Carlos asta-sekin jamoadagi oʻz ahamiyatini yoʻqota boshladi[7]. Carlos 2010-yil iyul oyida 33 yoshda yuqori diviziyaga koʻtarilgan Gil Vicentega klubiga qaytib keldi va 16 oʻyinda ishtirok etdi lekin biroz oʻtib futbolchilik faoliyatini yakunladi[8].

Yutuqlari

tahrir

Gil Vicente

  • Segunda Liga: 2010—2011-yil

Manbalar

tahrir
  1. Lopes, Octávio. „Gil Vicente: Carlitos quebra-cabeças“ (Portuguese). Record (2000-yil 20-fevral). Qaraldi: 2017-yil 24-oktyabr.
  2. „Carlitos sem conseguir rescindir com Real Madrid“ (Portuguese). Record (1999-yil 7-avgust). Qaraldi: 2015-yil 18-may.
  3. „Real Madrid anuncia que Carlitos sai a custo zero“ (Portuguese). Record (2000-yil 21-iyun). Qaraldi: 2015-yil 18-may.
  4. „Benfica assegura Carlitos“ (Portuguese). Record (2000-yil 20-iyun). Qaraldi: 2015-yil 25-may.
  5. „Carlitos parte optimista e sem mágoas“ (Portuguese). Record (2004-yil 4-fevral). Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  6. „Carlitos no Belenenses 'fugido' do Marítimo“ (Portuguese). Diário de Notícias (2007-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  7. „Carlitos de saída para os Emirados“ (Portuguese). Record (2010-yil 23-mart). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  8. „Paulo Alves chama 24 para jogo da promoção“ (Portuguese). Record (2011-yil 28-may). Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.