Cat culture (Mushuk madaniyati)

Cat culture (mushuk madaniyati) mushukni yaxshi ko'radigan odamlarni o'z ichiga olgan madaniyatni tasvirlaydi. Cat fancy - bu mushuklarni qadrlash, boqish va ularga ko'maklashishni qamrab oladigan xobbi(qiziqarli mashg'ulot). Ba'zi holatlarda odamlar mushuklarga haddan ortiq mukkasidan ketishlari mumkin. Hattoki, ba'zilar o'zlarini "mushuk odamlar" deb atashadi.

2008-yildagi "Ft. Lauderdale" mushuklar ko'rgazmasidan

Tavsif tahrir

Mushuk madaniyatining asosiy ahamiyati - bu uning tashqi ko'rinishi hisoblanadi, chunki uning kiyimi mushukni yaxshi ko'radigan odam ekanligini ko'rsatib turadi[1]. Qiziqarli ravishda, ba'zi madaniyat vakillarida o'z tillari bor. Misol uchun, "Cut puns"lar ishlatadigan tilda meowvalous, ya'ni ga'yritabiiy, "Catday " - Shanba va "pawsome" - ajoyib degan ma'noni anglatadi[2]. "Purrfect" kabi mushuk atamalari maqolalar sarlavhalarida ishlatilgan, masalan, CBS Sacramentoning Kremniy vodiysi studiyasida yolg'iz yashayotgan ikki mushuk haqidagi maqolasida: "Purrfect Tenants: 2 Cats Live Alone In A Silicon Valley Studio For $1,500/Mo.[3]" Ushbu madaniyat internetda keng tarqaldi va hozirda juda ko'pchilikni e'tiborini tortmoqda[4]. Psychology Today nashrining 2013-yildagi maqolasiga ko'ra, o'zini mushuk deb topgan odamlar o'zini it deb hisoblaydiganlarga qaraganda ko'proq g'ayrioddiy va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Maqolada, shuningdek, mushuklarning tabiati va ularning sezgirligi tufayli, xuddi shunday tabiatga ega bo'lgan ba'zi odamlar mushuklarga yaqin yoki o'xshash bo'lishlari mumkinligi taxmin qilinadi: Shuning uchun mushuk odamlar it odamlarga qaraganda sezgirroq bo'ladi[5].

Mushuklar Marokashda odamlarning kundalik hayotining bir qismi bo'lib, ular hamma joyda uchraydi. Morocco World News nashrining maqolasini aytishiga qaraganda, u yerga tashrif buyurgan odamlar Marokashda bir odamga bitta mushuk to'g'ri keladi deb o'ylashlari mumkin. Ko'pchilik marokashliklar mushuklarni yaxshi ko'rishadi va shahar atrofida mushuklar uchun ovqat va suv qoldirib ketishadi[6]. Tim Delmastroning Yaponiyadagi mushuk madaniyati haqidagi filmi Britaniyalik YouTube blogeri Chris Brodning kanalida ko'rsatilgan. Bloger butun mamlakat bo'ylab aylanadi va u yerda mushuklarga qaratilgan ko'plab g'alati va qiziqarli tadbirlarni, jumladan, mushuk barlari, mushuklar ibodatxonalari, mushuk orollari va mushuk kafelarini suratga oladi[7].

Ayni paytda tahrir

Bugungi kunda butun dunyo bo'ylab mushuk festivallari o'tkazilib turiladi. Mushuklarni yaxshi ko'radigan odamlar, mushuklar kafelari va mushuklar muzeyi Singapurda ham ko'p uchraydi. Californiyaning Pasadena shahrida 2018-yilda birinchi mushuk festivali o‘tkazildi[8] va festival CatCon Worldwide deb nomlandi[9]. Ayni shu yilda Texasning Austin shahrida POP mushuklari majlisi bo'lib o'tadi[10]. Mushukni yaxshi ko'radigan odamlar uchun bir qancha veb-saytlar mavjud, ularga xususan, The Catnip Times [11], Vanggy [12] va The Purrington Post kabilar kiradi[13].

Alice Robbning "'Mysterious power over humanity': How cats affect health (Insoniyat ustidan sirli hokimiyat: Mushuklar sog'likka qanday ta'sir qiladi) deb nomlangan maqolasiga ko'ra, hozirda juda ko'p odamlarni birlashtirgan onlayn mushuk jamiyatlari mavjud[14]. Mushuklarni yaxshi ko'ruvchi odamlar o'zlariga o'xshagan odamlar bilan ma'lum kemalarda mushuk kechalar o'tkazishlari mumkin[15]. Bundan tashqari ,Monopoliya stol o'yinidan andoza olgab Cat-Opoly deb nomlangan o'yin ham mavjud. Ushbu o'yinda mushukni sevuvchilar biror mulkni emas, mushuklarni sotib olishlari mumkin[16][17][18].

Manbalar tahrir

  1. Winnipeg Free Press, December 31, 2018 - New store is the cat’s meow By: Eva Wasney
  2. Canidae.com, August 18, 2017 - Words That Only Cat People Understand By Julia Williams (Wayback Machine saytida 2019-04-17 sanasida arxivlangan)
  3. CBS Sacramento - Purrfect Tenants: 2 Cats Live Alone In A Silicon Valley Studio For $1,500/Mo.
  4. CNN Edition, December 19, 2016 - 'Mysterious power over humanity': How cats affect health By Alice Robb, Science of US
  5. Psychology Today, April 17, 2013 - Cat People Are More Distinctive Than Dog People Scott A. McGreal MSc.
  6. Morocco World News, July 23, 2018 - In Photos: Morocco’s Cat Culture By Renee Sang
  7. PR Newswire, February 22, 2018 - New Documentary Turns Japanese Cats Into Feline Film Stars
  8. Weekender, June 28, 2018 - Indulge In Your Cat Obsession At Singapore’s First Ever Cat Festival
  9. The Guardian, April 16, 2018 - Claws out! Why pop culture clings to the crazy cat lady
  10. Patch, August 21, 2018 - Meow Is The Time To Plan On Attending Austin POP Cats Convention By Tony Cantu
  11. The Catnip Times - Home
  12. Vanggy - Home
  13. The Purrington Post - Home
  14. CNN, December 19, 2016 - "'Mysterious power over humanity': How cats affect health", By Alice Robb, Science of US
  15. The Travel, January 25, 2019 - 25 Of The Strangest Cruises People Will Regret Booking Instantly by Marika Kazimierska
  16. Bustle, April 12, 2018 - Cat-Opoly, A Cat-Themed Monopoly Game, Is So Adorable That You Might Not Be Able To Finish The Game By Megan Grant
  17. Metro, December 18, 2015 - Cat-Opoly is like Monopoly, but better because you buy cats instead of houses - Francesca Kentish
  18. OK!, January 2, 2018 - Cat Monopoly is now a thing - and it's the perfect board game for animal lovers By Miranda Knox