Louis-Ferdinand Céline
Louis-Ferdinand Céline (talaffuzi: Louis Ferdinand Céline; asl familiyasi — Destouches (talaffuzi: Detush; 1894-yil 27-may, Kurbevua — 1961-yil 1-iyul, Medon) — fransuz yozuvchisi, mutaxassisligi boʻyicha shifokor. 20-asrning eng mashhur va taʼsirli yozuvchilaridan biri hisoblanadi. Birinchi jahon urushi faxriysi.
Louis Ferdinand Céline | |
---|---|
Louis Ferdinand Destouches | |
Tavalludi | 1894-yil 27-may |
Vafoti | 1-iyul 1961[1] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Otasi | Fernand Destouches |
Hayoti
tahrirYozuvchi 1894-yil 27-may kuni Fransiyaning Kurbevua shahrida, Ferdinand Detush va Margerita Giyo oilasida tavallud topadi. Unga buvisi „Céline“ laqabini bergan. 1908-yildan 1910-yilgacha Germaniya va Buyuk Britaniyaga oʻqish uchun safar qiladi. Ota-onasiga jahl qilib oʻqishni tashlaydi va Birinchi jahon urushi boshlangunidan ikki yil oldin Fransuz armiyasida koʻngilli sifatida ro\yxatdan oʻtadi. Urush boshlangunicha Serjant harbiy unvoniga ega boʻladi. Jang maydonida koʻrsatgan shaxsiy jasoratlari tufayli Fransiyaning eng martabasi ulugʻ medallaridan biri boʻlmish Harbiy medalga sazovor boʻladi. Biroq, keyinchalik u vatanparvarlik va urushga oʻzining shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, juda ham salbiy taʼrif beradi. Uning birinchi romani aynan shu mavzuga bagʻishlangan.[2]
Bibliografiya
tahrirRomanlari
tahrir- Tun qariga sayohat / Voyage au bout de la nuit (1932)
- Kreditga oʻlim / Mort à crédit (1936)
- Ginyollar toʻdasi / Guignol’s band (1944)
- Jang / Casse-pipe (1949)
- Boshqa paytga spektakl I / Féerie pour une autre fois I (1952)
- Normans: Boshqa paytga spektakl II / Normance: Féerie pour une autre fois II (1954)
- Qasrdan-qasrga / D’un château l’autre (1957)
- Shimol / Nord (1960)
- London koʻprigi: ginyollar toʻdasi II / Le Pont de Londres: Guignol’s band II (1964)
- Rigodon / Rigodon (1969)[3]
Aralash
tahrir- Aybi xud / Mea Culpa (1936)
- Qatagʻon uchun bahona / Bagatelles pour un massacre (1937)
- Murdalar maktabi / L’Ecole des cadavres (1938)
- Oʻzgarishga uchraganlar / Les Beaux Draps (1941)
- Professor Y bilan intervyu / Entretiens avec le professeur Y (1954)
- Momoqaldiroq va chaqmoqlar. Pyesalar, ibrettolar, ssenariylar.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-mart.
- ↑ 3,0 3,1 http://www.mitin.com/people/celine/cr-comm.shtml