Chagʻandar soʻzi fors-tojik tilidan eski oʻzbek tiliga oʻtgan. Qadimgi turkiy yozma manbalarda uchramaydi. Alisher Navoiy asarlarida: Borcha naxud oʻrniga durri xushob, Reza chagʻandar yeriga laʼli nob. (Hayrat ul-abror, 126) shaklida keladi.

Eski tojik tilida

tahrir

Eski tojik tili yozma manbalarida chugʻundar tarzida uchraydi. Hozirgi eroniy tillarda: fors tilida جغندر (chagʻondar, chogʻondor) — svelka, shaklida keladi.

Hozirgi tillarda

tahrir

Hozirgi tojik, afgʻon va kurd tillarida bu formada qoʻllanmaydi. Hozirgi turkman tilida shugundir, hozirgi tatar tilida chogender, hozirgi ozarbayjon tilida chugʻundur, turkiy lugʻatlarda :جُغُنْدُر، جُكُنْدُر ، جُقُنُد ، جُنْدُر ، جوكوندير (Budagov , I ,1869 , 478) kabi variantlarda keladi.

Etimoni

tahrir

Bu soʻzning etimoni haqida maʼlumotlar yoʻq. Uning chagʻandar-chugʻundar-chogʻondar-chogʻondor-shugʻundir-chugʻundur-chuqundor-chuqundur-chundur kabi koʻrinishlarida chagʻa-chugʻu-chogʻo-shugu-chuqu-chuku bosh morfemasi boʻlib, uning asosi shugʻa soʻziga borib bogʻlanadi. Chagʻandar damlangandan soʻng, uning poʻsti ham tanasidan tezda ajraladi. Mana shu xususiyati, uning chagʻa+ndar deb atalishiga asos boʻlgan. Bu soʻzning eng qadimgi koʻrinishi turkman tilida saqlanib qolgan. Demak, chagʻandar soʻzi eski oʻzbek tiliga oʻtganu, oʻzlashib u tilning leksik qatlamidan doimiy oʻrin olmagan.

Manbalar

tahrir

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. Sabzavotlar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 36-37-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.