Chandir
Chandir — turkiy qabila. VIII—IX asrlarda Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimida, Orol dengizining jan.dagi choʻllarda yashovchi oʻgʻuzlar tarkibida boʻlganlar. Keyinchalik Ch.larning bir qismi Movarounnahrga oʻtib, oʻzbeklar va turkmanlar bilan aralash yashab, ular tarkibiga singib ketgan. Ayrim guruhlari oʻgʻuzlar tarkibida Ozarbayjonda oʻrnashib qolgan. XIX-asr oxiri — XX-asr boshlarida Chandirning ayrim guruhlari oʻtroq hayot kechirib, asosan, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. 1924-yildagi maʼlumotlarga koʻra, Chandir jami 3425 kishini tashkil etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |