Changing Times, Changing Tenses
„Changing Times, Changing Tenses“, toʻliq nomi „Changing Times, Changing Tenses: A Review of the English Tense System“ (tarjimasi „Oʻzgarayotgan zamon, zamonlarni oʻzgartirish: Ingliz tilining zamon tizimi obzori“) – Patricia Wilcox Peterson qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha qoʻllanma. Ilk bor 1980-yil Vashington shahrida AQSH Maʼlumot agentligining (inglizcha: United States Information Agency) Ingliz tili dasturlari boʻlimi (inglizcha: English Language Programs Division) tomonidan chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan. Ingliz tilini boshlangʻich hamda oʻrta darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan asar Petersonning ikkinchi qoʻllanmasi – „Developing Writing“ kitobi bilan bir qatorda jahon boʻylab ingliz tilini oʻqitish kurslarida keng qoʻllanadi[manba kerak].
Muallif(lar) | Patricia Wilcox Peterson |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 1980 |
Nashriyot | AQSH Maʼlumot agentligi |
Sahifalar soni | 155 |
„Changing Times, Changing Tenses“ qoʻllanmasida ingliz tili zamonlari batafsil koʻrib chiqilgan. Peterson ingliz tili zamonlari murakkab ekanligini taʼkidlasa-da[1], ularni oʻquvchiga tushunarli shaklda taqdim etgan. Shunday boʻlsa-da, kitobda „to be“ bogʻlovchi feʼli yetarlicha batafsil tushuntirib berilmagani tanqid qilingan[2]. Oʻquvchi mavzuni oson oʻzlashtirishi uchun kitob koʻp sonli fotosuratlar bilan bezalgan boʻlib, ularning aksari „The Denver Post“ gazetasidan olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Thakur, Vijay Singh; Sulaiman, Moosa Ahmed Ali; Elahi, Ehsan (30-mart 2021-yil). „Review of the English Tense System: Decoding Dichotomies and Restructuring Instructional Practice“. English Language Teaching. 14-jild, № 4. 77-bet. doi:10.5539/elt.v14n4p77.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Ünlü, Elena „The Acquisition of the Copula Be in Present Simple Tense in English by Native Speakers of Russian“ (inglizcha). Yaqin Sharq texnika universiteti (2010). Qaraldi: 29-dekabr 2024-yil.