Chanoq-son boʻgʻimi
Chanoq-son boʻgʻimi – chanoq suyagidagi quymuch kosasi bilan son suyagining boshi birlashishidan paydo boʻladi. Quymuch kosasining qirgʻogʻida chuqurchaning kattalashtirishga moslashgan fibroz togʻay labi bor. Boʻgʻim xaltasi erkin joylashgan boʻlib, son suyagi boshining harakat qilishiga xalaqit bermaydi. Chanoq-son boʻgʻimi, yonboshson, oʻtirgichson, qovson boylamlari bilan mustahkamlanadi. Chanoq-son boʻgʻim atrofidagi muskullar boʻgʻim harakatida boylamlarning unchalik taranglanmasligiga imkon yaratadi. Boʻgʻim yongʻoqsimon shaklda boʻlib, frontal oʻqida tanaga yaqinlashib uzoqlashishi, vertikal (tik) oʻqi boʻylab tashqari hamda ichkariga aylanishi va doira shaklida harakat qilishi mumkin.
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |