Chanoq jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Mazkur masjid Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi bilana chegara hududi oldida joylashgan.

Masjid
Chanoq jome masjidi
Chanoq
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Yoqubjon domla Buxorboyev
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Chanoq jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Yoqubjon domla Buxorboyev hisoblanadi. Ushbu masjid Bekobod tumanining chetki hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Jome masjid 1200 kishiga yaqin boʻlgan xonalar, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdakli onalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Mazkur masjidga Doʻstlik mahala fuqarolar yigʻini, Sholikor mahala fuqarolar yigʻini, Zarbdor mahala fuqarolar yigʻini, Oybek mahala fuqarolar yigʻini, Savrak mahala fuqarolar yigʻini, Savran mahala fuqarolar yigʻini, Telmon mahala fuqarolar yigʻini va Chanoq mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi mahalliy aholi vakillari, hamda, namozxonlar tashrif buyurishadi.

Tarixi

tahrir

Chanoq jome masjidining qachon bunyod etilganligi haqida toʻliq maʼlumot yetarli emas. Jome masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan, hamda, uning ustavi Toshkent viloyati adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra shu joyning nomi qilib – „Chanoq“ deya nomlangan. Jome masjid binosi mahalliy aholi vakillari, homiylar tomonidan taʼmirlab turiladi.

Manbalar

tahrir
  1. „ЧАНОҚ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Do‘stlik jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.