Chap boʻlmacha — (atrium sinistrum) noto‘g‘ri kub shaklida boʻlib, kichik qon aylanish doirasining yakunlovchi joyi hisoblanadi. U o‘ng boʻlmachadan silliq bolmachalar orasidagi to‘siq vositasida chegaralanib turadi. Uning devorida joylashgan oval chuqurcha o‘ng bo‘lmacha tomonida yaxshi koʻrinadi. Chap boʻlmachaning oldingi yuzasida chap quloqcha (auricula sinisitra) joylashgan. Bo‘lmachaning ichki yuzasi silliq, quloqcha ichida taroqsimon mushaklar bor. Chap bo‘lmachaga ochiladigan 5 ta teshikdan to‘rttasi yuqori va orqa tomonda joylashgan. Bular o‘pka venalariga ochiladigan teshiklar hisoblanadi. Beshinchi boʻlgan chap bo‘lmacha va qorinchalar orasidagi teshik chap boʻlmachani chap qorinchaga qo‘shib turadi[1].

Manbalar tahrir

  1. A. Ahmedov, X. Rasulov. Yurak, 2013 (O'zbekcha), Toshkent — 375-376 bet bet. ISBN 978-9943-13-368-6. 22-iyul 2023-yilda qaraldi.  (Wayback Machine saytida 2023-07-21 sanasida arxivlangan)