Chap qorincha — (ventriculus sinister) asosi yuqoriga qaragan konus shaklidagi yurak kamerasining biri boʻlib, katta qon aylanish doirasining boshlanish qismi hisoblanadi. Uning yuqori keng qismini o‘ng tomonida aorta teshigi, chap tomonida chap bo‘lmacha va chap qorinchalar orasidagi teshik joylashgan. Chap qorinchaning ichida ko‘p sonli mushak trabekulalari va ikkita mushak tutamlari joylashgan. Ular oidingi va orqa so‘rg‘ichsimon mushaklar hisoblanadi. Ularning paysimon ipchalari to‘sg‘ich tavaqalarini erkin chekkasiga birikadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. A. Ahmedov, X. Rasulov. Yurak, 2013 (O'zbekcha), Toshkent — 375-376 bet-bet. ISBN 978-9943-13-368-6. Qaraldi: 22-iyul 2023-yil.  (Wayback Machine saytida 2023-07-21 sanasida arxivlangan)