Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning fiziologik sariqligi (Neonatal sariqlik) — bilirubinning yuqori darajasi tufayli yangi tugʻilgan chaqaloqning koʻz oqi va terining sargʻish rangga kirishi. Qoʻshimcha simptomlarlar haddan tashqari uyquchanlik va yomon ishtahani oʻz ichiga oladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning yarmidan bir oz koʻprogʻi hayotning birinchi haftasida sezilarli darajada sariq boʻlib qoladi, erta tugʻilgan chaqaloqlarda bu holat 80 % gacha koʻtariladi[1]. Bu kasallik emas, balki homila gemoglobinini (HbF) gemoglobin A (HbA) bilan almashinishi, ferment tizimlarining yetuk emasligi va bolaning tanasining yangi atrof-muhit sharoitlariga moslashishi bilan bogʻliq.

Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik
KXK-10 P58, P59

18-aprel — Butunjahon yangi tugʻilgan chaqaloqlar sariqligi bilan kurash kuni.

Etiologiyasi

tahrir

Voyaga yetgan odamda eritrotsitkar doimiy ravishda yangilanadi, qarigan hujayralar jigar tomonidan chiqariladigan bilirubin hosil qilish uchun metabollanadi. Kichkintoyda jigar hali toʻliq ishlamaganligi uchun fetal gemoglobinni almashtirish jarayonida hosil boʻlgan bilirubin hayotning uchinchi kunidan boshlab teri va shilliq pardalarga sargʻish rang beradi[2].

Tananing ferment tizimlari toʻliq ishlay boshlaganda, bolaning teri rangi normal holatga yaʼni oʻzining och pushti rangiga qaytadi. Terining sargʻayishi odatda uchinchi yoki toʻrtinchi kuni eng aniq ifodalanadi va odatda hayotning 7-8 kunida yoʻqoladi[1].

Davolash

tahrir

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda sariqlik fiziologik holat (kasallik emas) boʻlganligi sababli, aksariyat hollarda davolanish talab etilmaydi[2][1].

Bolaning sogʻligʻi haqida quyidagi hollarda xavotir yuzaga kelishi kerak:

  • bilirubin darajasi 256 mkmol/L dan (18 mg/dL) oshsa;
  • hayotning birinchi kunida sariqlik qayd etilsa;
  • laboratoriya parametrlarining juda tez oʻsishi kuzatilsa;
  • sariqlik ikki haftadan ortiq davom etsa;
  • bola oʻzini yomon his qilsa.

Ushbu belgilar uchrashi mumkin boʻlgan kasallikni aniqlash uchun sabab hisoblanadi: eritrotsitlarning parchalanishi, jigar kasalliklari, infeksiyalar, gipotireoz yoki patologik metabolik kasalliklar[2][1].

Davolash zaruriyati bilirubin darajasiga, bolaning yetuklik darajasiga va sariqlikning asosiy sababiga bogʻliq[1][3].

Davolash tez-tez ovqatlanish, fototerapiya bilan amalga oshiriladi. Erta tugʻilgan chaqaloqlar uchun yanada intensiv davolash talab etiladi[1].

Bolada 1 oylik bilirubin normasi 45 mkmol / l gacha boʻladi.

Fototerapiya

tahrir

Fototerapiyani tayinlash uchun koʻrsatma bilirubinning oʻziga xos darajasi, yetuklik darajasi, yangi tugʻilgan chaqaloqning sogʻligʻiga va bolaning yoshiga qarab oʻzgaradi. Shu bilan birga, 14 kungacha boʻlgan har qanday yangi tugʻilgan chaqaloq plazmasida umumiy bilirubin 220 mkmol/L (21 mg/dl) dan yuqori boʻlsa, fototerapiya oʻtkazilishi kerak.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda neonatal sariqlikni yorugʻlik bilan davolash mumkin, bu trans-bilirubinni suvda eriydigan sis-bilirubin izomeriga aylantiradi, u siydik va najas orqali yaxshiroq chiqib ketadi[4].

Amaldagi fototerapiya ultrabinafsha nur terapiyasi emas, balki maʼlum bir chastotaning koʻk nuridir. Jarayon davomida bolaning koʻzlari mahkam yopiq boʻlishi kerak.

Bolaning koʻzi bogʻlangan boʻlishi kerak.

Fototerapiyadan foydalanishni birinchi marta Angliyaning Esseks shahridagi Rochford kasalxonasida tasodifan kashf etilgan, oʻshanda hamshiralar quyosh nurida boʻlgan chaqaloqlarda sariqlik kamroq boʻlishini va patologoanatomlar quyoshda qolgan qon flakonlarida kamroq bilirubin borligini payqashgan. Randomize klinik sinov natijalari 1968-yilda Pediatriya jurnalida nashr etilgan; bu amaliyotning tarqalishi uchun yana oʻn yil kerak boʻldi[5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „neonatal-hyperbilirubinemia“.
  2. 2,0 2,1 2,2 „www.nice.org.uk/guidance/cg98/chapter/Context“.
  3. „www.nice.org.uk/guidance/cg98/chapter/Recommendations“.
  4. Wolkoff, Allan W. „Chapter 303: The Hyperbilirubinemias“, . Harrison's principles of internal medicine, 18th, New York: McGraw-Hill Education, 2012. ISBN 978-0071748896. 
  5. Jones, Clay. Separating Fact from Fiction in the Not-So-Normal Newborn Nursery: Newborn Jaundice(ingl.) // Science-Based Medicine : journal. — 2014. — 9 May.

Havolalar

tahrir