Chaqchar — Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari oraligʻida joylashgan togʻ tizmasidir[1].

Chaqchar togʻ tizmasi
Togʻ tizmasi Hisor tizmasi
Choʻqqisi Xuroson
Balandligi 3749

Joylashuvi tahrir

Chaqchar togʻ tizmasi Hisor togʻ tizmasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. U gersin togʻ hosil boʻlishida burmalangan.

Choʻqqisi tahrir

Xuroson — Chaqchar togʻining eng baland choʻqqisi hisoblanib, balandligi 3749 metrga teng. Chaqcharga yaqin hududda joylashgan Boysuntogʻda oʻrtacha balandlik 3700 metr, Koʻhitangda esa 3100 metrni tashkil etadi.

Geografiyasi tahrir

Chaqchar togʻ tizmasi Surxondaryo tabiiy geografik okrugida jolashgan.

Iqlimi tahrir

Bu yerning iqlimi quruq subtropik boʻlib, togʻ choʻqqisiga koʻtarilgan sari iqlim oʻzgara boradi. Pastliklarda qish qisqa va iliq, togʻ choʻqqilarida esa birmuncha sovuq boʻlishi kuzatiladi[2].

Yogʻin miqdori tahrir

Hisor togʻining janubiy yonbagʻirlari, jumladan Chaqchar, Boysun, Sultontogʻ kabi tarmoqlarida yogʻin miqdori yillik 800-900 mm ni tashkil etadi. Bu yogʻinning asosiy ulushi qish va bahor oylariga toʻgʻri keladi. Kuz va yozda eng kam yogʻin holati qayd etilgan.

Tuprogʻi tahrir

Mazkur hududning dengiz sathidan 500 metr balandlikdagi qismlarida asosan och boʻz tuproq keng tarqalgan. Shuningdek shoʻrlashgan boʻz tuproq ham mavjud. 500 metrdan 1200 metrgacha boʻlgan baland qismlarida esa oddiy va toʻq tusli boʻz tuproq uchraydi. Eng baland choʻqqilarga yaqin yonbagʻirliklarda esa (1500-2500 metr) togʻ-jigarrang tuprogʻi keng tarqalgan.

Oʻsimlik dunyosi tahrir

Adirlarda asosan efemer oʻsimliklar, jumladan, shuvoq, qoʻziquloq va kavrak uchraydi. Butalardan: bodom, zirk kabilar oʻsadi. 2500 metrdan baland hududlarda yaylov mintaqasi joylashgan. Bu yerda subalp va alp oʻtloqlari mavjud.

Hayvonot dunyosi tahrir

Mazkur hududlarda tulki, boʻrsiq, togʻ takasi va boʻrilar keng tarqalgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Madrahimov, Zohid. Tarixiy toponimika. Toshkent: Navro'z nashriyoti, 2017-yil — 68 bet. ISBN 978-9943-381-84-1. 
  2. „Surxondaryo tabiiy geografik okrugi“ (o'zbek). geografiya.uz (2020-yil 23-may). Qaraldi: 08-2023.