Chaqnovchi yulduzlar - ravshan ligi qisqa vaqt ichida ming va hatto million marta ortib, astasekin eski holiga qaytuvchi yulduzlar. Moʻʼtadil holatida Chaqnovchi yulduzlar ancha xira boʻlib, koʻzga uncha koʻrinmaydi. Ular chaqnaganda yulduz portlab, moddasi katta (sekundiga bir necha yuz km dan minglab km gacha) tezlikda tarqaladi va atrofida juda katta oʻlchamli tumanlik hosil boʻladi. Chaqnovchi yulduzlar yangi va oʻta yangi yudduzlar deb ham ataladi.