Charles Friedel
Charles Friedel (1832.12.3, Strasburg — 1899.20.4, Montoban) — fransuz organikkimyogari va mineralogi. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1878-yildan), Peterburg Fanlar akademiyasi xorijiy muxbir aʼzosi (1894-yildan). Strasburg universitetini tugatgan (1852). Parij universiteti professor (1876-yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari organik sintezga oid. Ilk bor atsetofenon (1857), sut kislota (1861), ikkilamchi propil spirt (1862), glitserin (1873) va boshqalarni sintez qilgan. Aromatik birikmalarni alkil va atsilgalogenidlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida alkillash va atsillash usulini kashf etgan (Fridel— Krafts reaksiyasi). Sunʼiy usulda kvars, rutil, topaz va boshqa minerallarni olgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |