Charvi — ichki (visseral) qorin pardasidagi keng va uzun burama qavat. Pardalar orasida yogʻ toʻqimalari, limfa tugunlari va qon tomirlar joylashgan. Katta va kichik Charvi farq qilinadi. Katta Charvi qorin pardasining ikkita oldingi va ikkita orqa varagʻidan tarkib topgan. Kichik Charvi jigarni meʼda va 12 barmoq ichak bilan tutashtirib turadi. Charvi ichaklarni old tomondan fartuk kabi berkitib, tashqi muhit taʼsiridan himoya qiladi va qorin boʻshligʻidagi haroratni saqlaydi.