Charx (sanʼatda) — 1) qadimgi doyra usullaridan biri; shu usulda ijro etiladigan oʻzbek xalq kuylari. Charx kuyining surnay usuli ham boʻlib, dorbozlik oʻyinlari vaqtida surnay, nogʻora kabi sozlardan iborat ansambllarda ijro etiladi. „Shodiyona“ surnay turkumining bir qismi ham Charx deb yuritiladi; 2) oʻzbek xalq qoʻshigʻi. Oʻtmishda charxda ip yigirish jarayonida aytilib, xotin-qizlarning his-tuygʻularini ifoda etgan; 3) xalq raqslarida chir aylanib ijro etiladigan oʻyin harakatlaridan biri.