Charxlash stanogi - kesuvchi asboblarni abraziv (jilvir) olmos doiralar bilan charxlaydigan silliklash guruxiga kiruvchi stanok. Keskichlar, parmalar, koʻp keskichli kesish asboblari, frezalar, zenkerlar, razvyortkalar, disk arralar, metchiklar va boshqalarni charxlaydigan maxsus Charxlash stanogi keng tarqalgan. Pichoq charxlovchi ustalar foydalanadigan Charxlash stanogining elektr dvigatel yordamida ishlaydigan yoki charxchining oʻzi oyogʻi bilan harakatlantiradigan turlari bor. Bundan tashqari, abraziv doirasiz charxlaydigan anodmexanik, elekgruchqunli va ultratovushli Charxlash stanogi ham ishlatiladi. Charxlash buriluvchi stol yoki keskichni kerakli burchakka burishga imkon beradigan moslama yordamida bajariladi. Lentali yoki diskli arralarni charxlash uchun avtomat usulda ishlaydigan Charxlash stanogidan foydalaniladi. Roʻzgorda dastaki Charxlash stanogidan foydalaniladi.