Chayonlar so‘qmog‘i
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Chayonlar soʻqmogʻi – Nabijon Xoshimovning asari boʻlib mazkur asarda mustaqil Oʻzbekiston respublikasiga tahdid solgan ichki va tashqi gʻanimlarning faoliyati, hayotda adashib yurgan baʼzi yoshlarning ayanchli qismati bayot etilgan[1].
Muallif(lar) | Nabijon Xoshimov |
---|---|
Mamlakat | O‘zbekiston |
Til | O‘zbekcha |
Nashriyot | "O‘zbekiston" NMIU |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2018-yil |
Sahifalar soni | 448-bet Qalin muqova. |
Asar haqida
tahrirMarkaziy Osiyo xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik hamda umumiy dushmanga qarshi hamjihatlik bilan olib borgan kurashlari, yoshlar oʻrtasidagi ona-Vatan va sevimli yorga boʻlgan samimiy muhabbat tuygʻulari badiiy boʻyoqlar hamda sarguzashtli voqealar tarzida qiziqarli bayon etilgan. Uni mutolaa qilar ekansiz, oʻzingizni asar qahramonlari bilan birga yurtimizning maftunkor tabiatini, qolaversa, Oʻzbekiston sarhadlaridagi koʻrkam togʻlardan ufurayotgan zira hidlarini his etasiz. Afsuski, yaqin oʻtmishda bu goʻzallik zamirida mamlakatimiz va qoʻshni hamdoʻstlik davlatlarining barqarorligi uchun umumiy xavf boʻlgani yodingizga tushadi. Hozirgi tinch va osoyishta kunlarga yetishish, mustaqillikni asrash yurtdoshlarimiz uchun oson kechmagani, balki vatan xoinlari va dushmanlari bilan murosasiz kurash olib borilganiga yana bir bor amin boʻlasiz. Asar Oʻzbekiston ozodlikka erishgach, endigina taraqqiyot sari dadil qadam tashlayotgan davrda boʻlib oʻtgan real tarixiy voqealarga asoslangan boʻlib, u muallifning badiiy toʻqimalari bilan yanada boyitilgan.
Asardan parcha
tahrirNormurod adashganligi
uchun hukumatimizdan avf qilishlarini soʻrab ariza yozgan. – Ha, hozir unga oʻxshagan qancha yigitlarimiz adashib, aldanib yurishibdi, nechtasi hali oq-qorani tanimay, hayot lazzatini totimay juvonmarg boʻlib ketishayapti, – dedi inspektor xoʻrsinib. – Eng yomoni, bu vahhobiylik oqimi ularning miyalarini zaharlab, „zombi“ga aylantirib, oʻz vatanlariga qarshi, hatto qurol koʻtarib kelishlarini uyushtirmoqda. Normurod Rahmatilla degan hamqishlogʻi haqida menga gapirib beruvdi. Qarang, oʻzi tuppa-tuzuk yigit, bir ziyoli odamning farzandi ekan. Vahhobiylik taʼsiriga kirib, uyidan qochib ketibdi. U hozir umuman islomga zid boʻgan kallakesarlik va qaroqchilik bilan shugʻullanarkan. Bu bilan islom armiyasining gʻaznasini boyitmoqchi emish, muttaham. – Mening eshitishimcha, jang maydonidagi islom lashkarlarining har biriga kuniga 500 dollardan pul toʻlashayotganmish, yaʼni yoshlarni pul bilan aldashmoqda. – Lekin qanaqa deng, qalbaki pul bilan. Ana ishonmasangiz, Normuroddan soʻrang. – Qalbaki boʻlmaganida ham koshki bu pullar halol boʻlsa. – dedi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Chayonlar so‘qmog‘i“. Respublika yigʻma elektron katalogi. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.[sayt ishlamaydi]