Chegaraviy masalalar
Chegaraviy masalalar - berilgan sohada aniqlangan funksiyalarning biror sinfidan bu soxaning chegarasida berilgan shartlarni kanoatlantiruvchi funksiyani topish uchun moʻljallangan masalalar. Aniq hodisalarni ifodalovchi funksiyalar, odatda, matematik fizika tenglamalarining yechimlaridan iborat boʻladi. Matematik fizika tenglamalari (differensial, integral, integrodifferensial, funksionaltenglamalar) cheksiz kup yechimlarga ega, shuning uchun ham kerakli birdanbir yechimni aniqlash uchun qoʻshimcha chegaraviy shartlar beriladi. Chegaraviy masalalarni tekshirishda integral tenglamalar, oldindan baholashlar, chekli ayirmalar usuli va boshqa usullar keng kullanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |